Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
Ivan va’dasining ustidan chiqib, hayajonlanmadi, lekin baribir taajjubdan dong qotib qoldi. 
— Bu mumkin emas! Shayton yo‘q narsa. 
— Qiziq ekansiz-u! Hamma gapirgandayam, siz bunday demasligingiz kerak. Siz, nazarimda, 
birinchi bo‘lib uning azobiga uchraganlardansiz. O‘zingiz jinnixonada o‘tiribsiz-u, nuqul uni yo‘q deb 
aytyapsiz. Hayronman sizga! 
Gangib qolgan Ivan sukutga toldi. 
— Siz uni tasvirlay boshlashingiz bilan, — deb gapida davom etdi mehmon, — kecha kim bilan 
suhbat qurish sharafiga muyassar bo‘lganingizni payqadim. Chindanam, men Berliozga hayron 
bo‘lyapman! Siz-ku, ma’lum, g‘ofil odamsiz, — shunday deb mehmon yana klirim so‘radi, — lekin 
Berlioz, eshitishimcha, durustgina alloma bo‘lgan ekan-ku! O‘sha professorning eng dastlabki 
gaplaridanoq uning kimligiga hech shubham qolmadi. Uni tanimaslik aslo mumkin emas, do‘stim! 
Ammo siz... siz meni yana bir bor kechiring-u... men hech qachon yanglishmayman: siz omi odamsiz! 
— Shak-shubhasiz, — deb tasdiqladi o‘zgara boshlagan Ivan. 
— Ha, balli... axir o‘zingiz uning yuz tuzilishini tasvirlab berdingiz... ko‘zining ikki xilligi, 
qoshlari! Meni afv etasiz-u, hali siz ehtimol hatto «Faust» operasini ham ko‘rmagandirsiz? 
Ivan negadir judayam qattiq xijolat bo‘ldi, ikki yuzi cho‘g‘dek qizarib, Yaltada qaysiyam 
sanatoriyga borgani haqida bir nimalarni g‘o‘ldiray boshladi... 
— Ana, ko‘rdingizmi... nimasiga hayron bo‘lamiz! Lekin Berlioz, takror aytaman, meni hayratga 
soldi. U nainki o‘qimishli, yana nihoyatda quv odam. Lekin shuni e’tirof etish kerakki, Voland undan 
ham quvroq odamniyam bir cho‘qishda qochiradi. 
— Nima?! — deb baqirib yubordi Ivan ham. 
— Sekin! 
Ivan «shap» etib kafti bilan o‘z peshanasiga urdi va xirillab dedi: 
Tushunaman, tushunaman. Uning tashrifnomasida «V» harfi bor edi. Ana xolos! — Esankirab 
qolgan Ivan panjara ortida, fazoda suzayotgan oyga tikilgancha ancha vaqt sukutga tolib o‘tirdi, so‘ng 
yana gapga kirdi: — Bundan chiqdi, uning Pontiy Pilat huzurida bo‘lganligi rost ekan-da? Demak, u 
o‘sha zamonda tug‘ilgan bo‘lib chiqadimi? Meni jinniga chiqarib o‘tirishipti-ya! — derdi Ivan, nafrat 
bilan eshik tomonga ishora qilarkan. Mehmonning labi yonida hasrat ajinlari paydo bo‘ldi. 
— Haqiqatdan yuz o‘girib bo‘lmaydi, — deb mehmon yuzini bulutlar oralab suzayotgan tungi 
yoritqich tomonga o‘girdi. — Siz ham, men ham — jinnilarmiz, nima qilamiz bo‘yin tovlab! Qisqasi, u 
sizni tuzog‘iga ilintirganu siz esingizdan og‘gansiz, sabab, buning uchun, chamasi, aynan siz munosib 
bo‘lgansiz. Lekin siz hikoya qilgan narsalar haqiqatan ham bo‘lgan. Ammo o‘sha yuz bergan voqealar 
benihoya g‘ayritabiiyligi sababli hatto genial psixiatr Stravinskiy ham gaplaringizga ishonmagan. U 
sizni ko‘rdimi? (Ivan bosh irg‘adi.) O‘sha hamsuhbatingiz Pilat huzurida ham bo‘lgan, Kant bilan ham 
nonushta qilgan, endi bo‘lsa, mana, Moskvagayam kelipti. 
— Axir u bu yerda hamma narsani ostin-ustin qilib yuboradi-ku! Bir amallab uni tutish kerakdir? 
— deb yangi Ivan vujudida qimtinibgina bo‘lsa ham bosh ko‘tardi endilikda chalajon bo‘lib qolgan 
avvalgi Ivan. 
— Mana, siz urinib ko‘ribsiz, shu hissa qo‘shganingiz kifoya, — dedi mehmon kinoya bilan. — 
Boshqalarga ham urinmaslikni maslahat ko‘rardim. Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, u haqiqatan ham 
hammayoqni ostin-ustin qilib yuboradi. Eh, attang! Ming-ming afsuski, u bilan men emas, siz 
uchrashgansiz! Garchi fursat o‘tgan — butun niyatlar yonib kulga aylangan bo‘lsa ham, ont ichib 
aytamanki, u bilan uchrashish uchun Praskovya Fyodorovnaning bir shoda kalitini ham berardim, zero, 
boshqa beradigan hech vaqoim yo‘q. Men qashshoqman! 
— Nimaga kerak bo‘lib qoldi u sizga? 
Mehmon uzoq vaqt kiftlarini uchirib xomush o‘tirdi va nihoyat yana gapira boshladi: 
— Men sizga aytsam, bu juda antiqa hodisa — men ham bu yerda xuddi sizga o‘xshab, o‘sha 
Pontiy Pilat tufayli yotibman, — mehmon atrofga qo‘rqa-pisa ko‘z tashlab dedi: — Xullas kalom, men 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling