Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
o‘tgan yili Pontiy haqida roman yozgan edim. 
— Siz yozuvchimisiz? — ajablanib so‘radi shoir. Mehmonning rangi quv o‘chib ketdi, shoirga 
musht do‘laytirib qo‘yib, so‘ng dedi: 
— Mep ustaman, — u xo‘mrayib xalatining cho‘ntagidap tamomila yog‘ bosib ketgan bir 
shapkacha oldi, unga sariq ipak bilan «M»
12
 harfi tikilgan edi. U shapkachani boshiga kiydi va usta 
ekanligini isbotlash maqsadida ham yonlamasiga, ham yuzma-yuz turib, o‘zini Ivanga ko‘rsatdi. — 
Buni menga sevgilim tikib bergan edi, — deb sirli ravishda ilova qildi u. 
— Familiyangiz nima? 
— Familiyam yo‘q endi, — ma’yus nafrat bilan javob qildi bu g‘alati mehmon. — Men 
familiyamdan, shuningdek, barcha hayotiy narsalardan voz kechganman. So‘ramang familiyamni. 
— Bo‘lmasa, romaningiz haqida gapirib bering, — dedi Ivan muloyim ohangda. 
— Jonim bilan. Hayotim, chindanam, unchalik oddiy emas, — deb hikoya qila boshladi mehmon. 
... U ma’lumoti bo‘yicha tarixchi bo‘lib, bundan ikki yil muqaddam, Moskva muzeylaridan birida 
xizmat  qilar, bundan tashqari tarjimonlik bilan ham shug‘ullanarkan. 
— Qaysi tildan? — so‘radi Ivan qiziqsinib. 
— Men ona tilimdan boshqa yana beshta tilni bilaman, — javob qildi mehmon, — ingliz, frantsuz
nemis, lotin va yunon tilini. Keyin, yana italyancha  ham sal-pal o‘qiy olaman. 
— Voy bo‘-o‘! — pichirladi Ivan hasad bilan. 
U so‘qqabosh bo‘lib yasharkan, hech yerda hech bir qarindoshi, Moskvada deyarli bironta ham 
tanishi io‘q ekan. Buni qarangki, bir kun u zayomdan yuz ming so‘m yutipti. 
— Qanday tang qolganimni bir tasavvur qiling-a, — derdi pichirlab qora shapkacha kiygan 
chehmon, — kir solingan savatga qo‘l tiqsam, qo‘limga obligatsiya ilindi: uni gazetaga solishtir-dimu 
hang-mang bo‘lib qoldim — nomeri gazetadagi nomer bilan bir xil edi! Uni menga muzeyda 
Gyurishgan edi, — deb izohladi u. 
Bu alomat mehmon yuz ming so‘mlik yutuqni olgach, juda ko‘p kitob sotib olipti
Myasnitskayadagi xonasini tashlab... 
— O‘, ming la’nat o‘sha gurbatxonaga! — deya xirilladi mehmon. 
... Arbat yaqinidagi bir tor ko‘chada xususiy tarzda imorat qurgan odamning bog‘chasida turgan 
kichkina uyning podvalidan ikki xonani ijaraga olgan. Keyin ishdan bo‘shab, Pontiy Pilat haqida 
roman yozishga kirishgan. 
— Oh, u paytlar — oltin davr edi, — deb pichirladi mehmon ko‘zlari chaqnab, — alohida kvartira 
deng, yana dahliziyam bor, dahlizda suv jo‘mragi, jo‘mrak ostida chanoq, — negadir, u ayniqsa shu 
so‘zga urg‘u berib, mag‘rurlanib gapirdi, — ko‘cha eshikdan boshlangan yo‘lka mo‘‘jazgina 
derazalarimning shundoqqina oldidan o‘tardi, Ro‘parada, to‘rt qadamgina narida, devor tagida nastarin, 
jo‘ka va zarang daraxtlari o‘sardi. Oh... oh... oh! Qishda men derazadan odamlarning qorda «g‘arch-
g‘urch» yurgan oyoqlarini kam ko‘rar, tovushlarini kam eshitar edim. Pechkamda muttasil lang‘illab 
olov yonib turardi! Lekin birdan bahor kirib keldi-yu, derazamning xira oynalari orqali men avvaliga 
yalang‘och, so‘ngra asta-asta yashil libos kiya boshlagan nastarin butalarini ko‘rdim. Ana shunda, 
ya’ni o‘tgan yili bahorda yuz ming so‘mlik yutukdan ham dilraboroq voqea sodir bo‘ldi. Vaholanki, 
fikrimga qo‘shilarsiz, yuz ming — bu juda katta boylik! 
— Bu to‘g‘ri, — e’tirof etdi uning gapini diqqat bilan tinglayotgan Ivan. 
— Men, derazani ochib mo‘‘jazgina ikkinchi xonamda o‘tirardim, — mehmon qo‘li bilan o‘lchab 
ko‘rsata boshladi, — mana... bu yerda divan, ro‘parasida ikkinchi divan, divanlar oralig‘ida stolcha, 
uning ustida chiroyli shamchiroq, derazaga yaqin yerda kitoblar, buyoqda esa, kichkina yozuv stoli, 
birinchi xonamda — u judayam katta, o‘n to‘rt metr edi, — tog‘-tog‘ kitobu pechka bor edi. Oh, 
jihozlarim qanday zo‘r ediya! 
                                                      
12
 «M» - «Master» («usta») so‘zining birinchi harfi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling