Microsoft Word Yangi texn doc
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Таълим стандарти, фан (курс) дастури ва былимлари даражасида аниқланади хар бир мавзу быйича
Умумпеда-
гогик мақсадлар Хусусий ( аниқлашти- рилган) мақсадлар Топши- риқлар ( тестлар) Ўқув жараёни Якуний бахолаш Таълим стандарти, фан (курс) дастури ва былимлари даражасида аниқланади хар бир мавзу быйича талабанинг мутахассислик (фан) ўқув бирликларига оид билим, кўникма ва малакалари ташқаридан кузатиладиган, иш- харакати ва фаолиятини англатадиган феълларда ифодаланади. Ж ори й ва оралиқ баҳолаш уч ун Т алабанинг мус тақил таъ лими ус ун Якун ий баҳол аш уч ун Талабанинг билиш қоби лиятини ф аолла штиру вч и д ид акт ик конс трукция лар Шахс с иф атларига оид талаблар М утахас сис ликка оид талаблар Тузатишлар киритиш ТУЗАТИШЛАР КИРИТИШ 1- расм. Педагогик технологиянинг блок-схемаси 22 Haqiqatan ham, AQSHda yaratilgan va YuNESKO tomonidan ma’qullangan pedagogik texnologiyani joriy etayotgan jahondagi 30 ga yaqin mamlakatlar o’quv jarayonida AQSHdagiga nisbatdan juda yaqin natijalarga erishmoqdalar. Xususan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bo’yicha o’qitilgan 50000 talabaning 75 foizi an’anaviy usulda o’qitilganda faqat eng yuqori o’zlashtiruvchi talabalargina erisha oladigan ko’rsatkichlarga ega bo’lganlar. Ba’zi mamlakatlarda esa bunday talabalar ulushi 80-85 foyizni tashkil etadi. 2.Ta’lim tarbiyaga yondoshuvlar. Pedagogika fani va ta’lim-tarbiya amaliyotida turli yondashuvlar qo’llaniladi. An’anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, tanqidiy yondashuv, funksional, kompleks, faoliyatli yondashuv shular jumlasidandir. An’anaviy yondoshuv. Uning asosiy xususiyati-o’qituvchi ma’lum axborotni gapirib beradi, tushuntiradi, talaba esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushuniladi. Talabada bilim bor-yo’qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u ko’pincha yuzaki bo’lishi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Talaba savol berilganda eslashi, ba’zan eslay olmasligi ham mumkin. An’anaviy o’qitish usulida ta’lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning o’zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo’lmaydi. An’anaviy ta’lim mamlakatimiz o’quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to’plangan. An’anaviy ta’lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir, lekin uning abyektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan fan-texnika talablari- ta’lim usuli bilan jamiyatning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga, barkamol avlodni shakllantirishga bo’lgan ehtiyoji o’rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta’limda boshqa yangi yondashuvlarni qo’llash yo’li bilan hal etish lozim. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling