O’quvchilarni kasbga yo’naltirish – o’quvchi va yoshlarga kelajakda o’z
kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy,
psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish – texnik tadbirlarning
asoslangan tizimi.
O’quv-bilish faoliyati – insoniyat tomonidan to’plangan madaniy boylikni
egallash bilan bog’liq faoliyat.
O’quv faoliyati – shaxsning yangi bilim, malaka va ko’nikmalarni egallash
jarayoni.
Qanoat – ma’lum maqsadga erishish yo’lida ijobiy tuyg’u bilan bog’langan
shaxsning psixologik holati.
Qiziqish – shaxs harakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalashining ongli
shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |