Empirik – tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich – tadqiqot obyekti to’g’risida har tomonlama tasavvur hosil
qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va hodisalar mohiyatiga erishishga
bo’lgan talab o’rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash.
Estetik tarbiya – go’zallikni his qilish, atrof-muhitdagi go’zallikni payqay
olish va tushunishga bo’lgan qobiliyatni tarbiyalash.
Ehtiyoj – individning biror narsa-hodisaga muhtojligi va kishining ruhiy
quvvati va faolligi manbai hisoblanadigan asosiy xususiyati.
Ehtimollik – tasodifiylik, pedagogik hayotdagi o’zgarishlarni aniq aytib
berish mumkin bo’lmagan, ehtimol ko’rilgan jarayon.
O’yin – u faoliyatning shunday bir turiki, u ijtimoiy tajribalarni
o’zlashtirishga va bunyod etishga, o’z xatti-harakatlarini takomillashtirishga
qaratilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |