Microsoft Word Yangi texn doc
talabalarning faqat 80-85 foizigina erishishlari mumkin
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
talabalarning faqat 80-85 foizigina erishishlari mumkin.
Lekin to’la o’zlashtirish tizimi ba’zi kamchiliklardan ham holi emas. Buning mohiyati shundaki, bu tizimning samaradorligi faqat aniqlashtirib ifodalash mumkin bo’lgan o’quv maqsadlari bilangina baholanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, faqat o’quv jarayonida takrorlanuvchan maqsadlargina aniqlashtirishga moyil bo’ladi. Bu tizim imkoniyatlarining cheklanganlik xarakterga ega ekanligini norvegiyalik olimlar ham ta’kidlab o’tganlar. Ular bu tizimni faqat quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan o’quv jarayonlariga qo’llash mumkinligini ko’rsatib utadilar: a) o’quv materiali alohida, aniq tarkibiy qism (fragment)larga ajratish mumkin bo’lishi kerak, b) o’quv 96 materiali uzviy va o’zaro bog’liq bo’lishi kerak (masalan: matematika va tabiiy fanlar bo’limlari), ya’ni fanlararo bog’lanishga alohida e’tibor berish zarur. Estoniya pedagoglari P. U. Kreytsberg va E. V. Krullar ham to’la o’zlashtirish tizimiga ijodiy yondashib, uning asosida o’ziga xos o’qitish uslubini ishlab chiqdilar. Ular to’la o’zlashtirish konsepsiyasiga quyidagi o’zgartirishlar kiritilishi lozimligini taklif etdilar: a) uning qo’llanish chegarasini aniqlash, b) o’quv materialini asosiy va yordamchi qismlarga ajratish, v) bu uslubda rivojlantiruvchi o’quv faoliyati imkoniyatlarini ham e’tiborga olish. Ular to’la o’zlashtirish uslubini takomillashtirishda bu uslubni muammoli(izlanuvchanlik) xarakterga ega bo’lmagan hamda aniq va ketma-ket joylashgan o’quv birliklarga bo’lish imkoniyatiga ega bo’lgan fanlarni o’qitishga qo’llashga asoslandilar. To’la o’zlashtirish uslubining estoncha varianti quyidagi xarakterli belgilarga ega: 1) to’la o’zlashtirish talabi o’quv materialining to’la hajmiga emas, balki bilim va ko’nikmalarning ajratilgan eng zarur, minimal qismigagina qo’yiladi, 2) qo’shimcha va rivojlantiruvchi xarakteridagi mashg’ulotlar o’tkazish maxsus tarzda belgilanadi. Tashhis testidan o’ta olmagan talabalar faqat yana ikki marta testga kiritiladi, agar bunda ham to’la o’zlashtira olmasalar, butun sinf bilan navbatdagi materialni o’zlashtirishga ruxsat beriladi. Estoniyada so’nggi yillarda o’tkazilgan tajribalar, to’la o’zlashtirish texnologiyasini sinf-dars tizimida qo’llashga ham imkon berdi. Natijada o’zlashtirish 60 foizga, o’quv materialini tushunish va qo’llash darajasida o’zlashtirganlar soni esa uch marta ortdi. O’qituvchilarning vaqt sarfi me’yori ham aniqlashtirildi. Agar u chet ellik olimlar tomonidan 10-50 foiz deb qayd qilingan bo’lsa, eston olimlari tizimini qo’llashning dastlabki paytlarida u 50 foizni tashkil etib, so’ngra asta-sekin kamayib bordi. Lekin qo’shimcha vaqt sarfi uzoq muddatli to’la o’zlashtirish samaradorligi bilan qoplanadi, chunki bu o’qishning keyingi bosqichlarida yuqori ko’rsatkichlarga erishishning muhim omillaridan biridir. Eston pedagoglari uslubining o’ziga xos samarasi yana shundan iboratki, ular dastur bo’yicha o’quv materialini o’tish vaqtiga ham aniqlik kiritdilar (tashhis testi faqat ikki marta topshiriladi). Bu, yuqoridan tajribaviy va majburiy tarzda belgilangan o’quv vaqti taqsimotini asosli ravishda qayta kurib chiqish va bu blokda talabalar faoliyatidagi ortikcha zurikishlarni bartaraf qilishga imkoniyat yaratadi. Ko’p hollarda o’zlashtirish texnologiyasi bir fanning o’qitishda qo’llaniladi. Bunda qo’shimcha zarur vaqt darsdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlar hisobidan qoplanishi mumkin. Agar bu texnologiya bir necha fan o’qitilishida qo’llaniladigan bo’lsa, o’zlashtirish sur’ati past bo’lgan talabalar anchagina qiyin axvolda qoladilar. Bunday talabalarga yordam berish maqsadida qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazishdan tashqari, bir necha o’qituvchilar o’zaro kelishib, uy vazifasini maxsus dasturini ishlab chiqishlari lozim. Tanlab o’qitiladigan fanlardan bir-ikkitasi bekor qilinadi - bo’lar hammasi asosiy fanlarni talabalar tomonidan to’la o’zlashtirilishiga imkoniyat yaratadi. Umuman olganda, vaqt muammosi to’la o’zlashtirish tizimida ham, odatdagi o’qitish tizimida ham oxirigacha xal etilmaganligini (talabalarning bir qismini chala o’zlashtirishi bilan chegaralanganligini) ta’kidlash lozim. 97 To’la o’zlashtirish nazariyasi va texnologiyasi umumta’lim maktablar muammosiga yangicha nazar tashlashga da’vat etadi. Uni ommaviy tarzda qo’llanishi, yo o’qitilayotgan material mazmunini qisqartirish hisobiga vaqt me’yorini saqlash, yoki vaqt me’yorini kengaytirib o’quv materiali hajmini saqlab qolishni taqozo etadi. Biz faqat B. Blum taksonomiyasining «tushunish» toifasi darajasigacha o’zlashtirish haqida fikr yurityapmiz. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling