Microsoft Word Yangi texn doc


Yapon pedagoglari tomonidan yaratilgan bu usullar o’quv maqsadlarini


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

Yapon pedagoglari tomonidan yaratilgan bu usullar o’quv maqsadlarini 
aniqlashtirish va o’qitish bosqichlarini rejalashni talaba tafakkuri, fantaziyasi 
va ijodiy yondoshuvi bilan uyg’unlashtirib olib borishga imkon beradi. 
4. O’qituvchi mashg’ulotlarni pedagogik texnologiya bo’yicha loyihalash. 
O’qituvchi mashg’ulotlarni pedagogik texnologiya bo’yicha loyihalar ekan, u 
quyidagilarga amal qilishi zarur: 
•  mashg’ulotning tashkiliy (boshlang’ich qismida)   talabalarda ushbu 
mavzuni o’rganishga ichki ehtiyoj (ishtiyoq) uyg’otadi; 
•  har bir mashg’ulot o’quv maqsadlari (kutilayotgan natijalar)ni talabalarga 
e’lon qiladi  va zarur bo’lsa, ular ishtirokida muhokama qilib, o’zgartirishlar kiritadi; 
•  mashg’ulotlarda 15-20 daqiqali mini ma’ruzalar (ma’ruza mashg’ulotlari)ni 
talabalarning mustaqil o’qishi, ko’rgazmalarni namoyish qilish, asosiy qoidalarni 
konspektlashtirish, 5-10 daqiqali yozma ish va h.k. o’quv faoliyatini tashkil etish 
shakllari bilan almashtirib turadi; 
•  ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’qish va yozish orqali tanqidiy fikrni 
rivojlantirish hamda «insert», «sinkveyn», «klasterli tahlil» kabi usullardan oqilona 
foydalanadi; 
•  mashg’ulotlarda o’qitishning interaktiv uslublari, jumladan
mashg’ulotlarning bir qismini kichik guruhlarda o’tkazish va muhokama qilish, 
«miya hujumi», «talabalar bir-birini o’rgatadilar» va talabalar bilish faoliyatini 
faollashtiruvchi boshqa uslublardan samarali foydalanadi. 
Shuningdek, pedagogik texnologiya bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan 
o’qituvchi har bir mashg’ulot uchun texnologik karta tuzishi zarur. Texnologik karta 
– mashg’ulot davomida o’qituvchi va talabalarning hamkorlikdagi ketma-ketligi 
hamda qo’llaniladigan vositalarning namoyish qilish sxemasi bo’lib hisoblanadi. 
Texnologik kartaga – ma’ruzalar matni, ma’lumotnomalar, didaktik va axborot 
uzatuvchi materiallar ilova qilinadi. Har bir mashg’ulot texnologik kartasining 


 
102
namunaviy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: mavzu va unga 
ajratilgan soat; o’qituvchi maqsadlari va talabalar vazifalari (kutilayotgan natijalar); 
talabalarning har bir vazifasiga oid test yoki boshqa shakldagi nazorat topshiriqlari; 
mavzuning mazmunan (eng muhim savollar); tayanch tushunchalar; o’qituvchining 
talaba o’quv faoliyatini boshqarishining asosiy onlari. Bunda boshqarishning uslubi 
va shakli, o’qitishning grafik va texnik vositalari, tashhislash usullari ko’rsatiladi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’qitishga texnologik yondashish 
o’qituvchi uchun bir qancha mashaqqatlar, yangi kutilmagan vaziyatlar va talablarni 
vujudga keltiradi. Gap faqat o’qitishning yangi texnik vositalarini ishlatish, yangi 
axborot kanallaridan foydalanish (kattaliklarning kompyuterlashgan banki, axborot 
tarmoqlari, videotexnika) to’g’risida borayotgani yo’q. Uning mohiyati shundaki
o’qituvchi mustaqil ravishda o’quv maqsadlarini tuzishi va ularni mumkin bo’lgan 
chegarasigacha aniqlashtirishi, so’ngra ularni amalga oshirishidan iborat. O’qituvchi 
mahoratiga bog’liq bo’lgan omillardan yana biri - pedagogik texnologiyada u o’z 
imkoniyati chegarasida yetarli darajada amaliy,   shu bilan birga ixcham va variativ 
ssenariy-rejalar yaratish lozimligidir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, aniqlashtirilgan 
o’quv maqsadlarini tuzish, ayniqsa ular asosida test topshiriqlari fondini yaratish bir 
o’qituvchi uddalaydigan ish emas. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilar va uslubchilarni 
hamkorlikda ishlashlarini  hamda ularni yagona pedagogik talab asosida aniq maqsad 
yo’lida faoliyat ko’rsatishlarini taqozo qiladi. Shuningdek, o’qituvchining bilimlarni 
baholashga va bu bilan bog’liq holda o’quv jarayonining har bir qismiga baho 
berishga bo’lgan munosabatini ham o’zgartirishi muhimdir. 
 
Xulosa qilib aytganda, pedagogik texnologiya yutuqlaridan foydalanuvchi 
o’qituvchi, o’zi ko’nikib ketgan anchagina odatdagi ish usullaridan voz kechishi, shu 
bilan birga, pedagogik texnologiya imkoniyatlarini chuqur o’zlashtirib, undan o’quv 
jarayonida samarali foydalanish yo’llarini topish bo’yicha ijodiy izlanib borishi zarur. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling