Microsoft Word Yangi texn doc


Tutashtiriluvchi chiziqlar usuli


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

Tutashtiriluvchi chiziqlar usuli. Bu usul talabalarni o’quv jarayonining 
borishiga nisbatan o’z munosabatlarini tezkorlik bilan bildirishlarini ta’minlaydi. 
O’qituvchi o’quv jarayonini bir necha (100 tagacha) muhim qismlarining ro’yxatini 
tuzadi. Masalan: 1) o’quv maqsadlari, 2) o’quv materiallari, 3) topshiriqlar, 4) texnik 
vositalar, 5) talabalar qobiliyatlari va hatti-harakati, 6) talabalarni guruhlarga ajratish, 
7) o’qituvchi va talabalarning o’zaro muloqoti, 8) o’qituvchi hatti-harakati. So’ngra 
o’qitish samaradorligini bir necha ko’rsatkichlari yoziladi (masalan: o’zlashtirish, 
ko’rgazmali bayon qilish, tushunarli bo’lishi, talabalarda umumiy qoniqish hosil 
bo’lishi, vaqt sarfi va h.k.). So’ngra o’qituvchi varaqlarni talabalarga tarqatadi. Bu 
varaqlar uch qismga bo’lingan holda: 1) chap ustunga o’quv jarayoni qismlari, 2) 
o’rtaga har bir o’quv qismining belgilari (masalan: «Topshiriq» - og’zaki, yozma, 
ijodiy, qaytarish, «Talabalarni guruhlash» - frontal ish, uchta  brigadaga bo’lish, 
besh-olti kichik guruxlarga ajratish), 3) o’ng ustunga  esa, samaradorlik 
ko’rsatkichlari ruyxati yoziladi. Har bir talaba o’z mulohazasi bo’yicha bu uch 
ustunchada yozilganlarni chiziqlar chizib tutashtiradi va varaqni darhol o’qituvchiga 
topshiradi. O’qituvchi varaqlarni tahlil qilib, qo’llayotgan usul va uslublarning to’g’ri 
yoki noto’g’riligini, faoliyati samaradorligini har bir talabada aks etishi to’g’risida 
tezkor ma’lumotga ega bo’ladi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling