Imitasion-rollarga bo’lib modellash. Bu usulda 4-6 kishidan iborat
o’qituvchilar guruxi talabalar qiyofasiga kiradilar hamda o’qituvchi ular bilan aniq
o’quv maqsadlari va mezoniy yo’nalgan testlar bo’yicha mashg’ulot o’tkazadi.
Talabalarning fikrlashdagi harakat modellari yaratiladi va ular alohida kartochkalarga
yoziladi. O’qituvchi qiyofasini bajaruvchi o’yin ishtirokchilarining o’z hatti-harakati,
fikrlashining borishi bo’yicha bergan ma’lumotlarni saralab kartochkalarga yozib
boradi. Shuningdek, kartochkaga o’z hatti-harakatlarini ham yozib boradi.
So’ngra «o’qituvchi» va «talabalar» faoliyatining umumiy manzarasi va har bir
ishtirokchi fikrlashining borish sxemasi chizmakashlik varag’iga tushirilib, darsning
o’ziga xos sxema-diagrammasi yaratiladi.
Bu usul alternativ (turli variantli) rejalarni sinab ko’rishda, ularga tegishli
tuzatishlar kiritishda qo’llaniladi va bu bilan haqiqiy o’quv jarayonini
ixchamlashtirib, uning samaradorligini oshirishga erishiladi.
101
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |