Microsoft Word Yangi texn doc


O’qitishning individual-brigada usuli - asosan guruh bo’yicha o’zlashtirish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

O’qitishning individual-brigada usuli - asosan guruh bo’yicha o’zlashtirish 
yoyilmasi juda katta va o’zlashtirmovchilarning ko’pligi sababli guruh bo’yicha 
o’zlashtirishni yaxshilash qiyin bo’lgan hollar uchun mo’ljallangan. 
O’qitishning bu tizimi bo’yicha o’tkazilgan eksprementlarning ko’rsatishicha, 
undagi o’zaro hamkorlik, o’zaro yordam va o’zaro nazoratga asoslangan mehnat 
ayniqsa, o’zlashtirishi past bo’lgan talabalar uchun nihoyatda foydali bo’lib, ularga 
o’quv materialini o’zlarining ulgurish sur’atlariga mos holda o’zlashtirish 
imkoniyatini berishini ko’rsatadi. O’zlashtirishning yaxshilanishi bilan birga 
talabalarda (ayniqsa, aqliy rivojlanishi orqada qolganlarda) o’z-o’zini baholashga 
o’rganishlarini ham sezilarli darajada rivojlantirgan. Turli millatga mansub talabalar 
o’rtasidagi shaxslararo munosabatlar ham yaxshilangan. Bunday ijobiy natijalar 
o’quv jarayonida «shaxs omili»ni to’g’ridan-to’g’ri hisobga olishning samaradorligini 
ko’rsatadi. Afsuski, ko’pgina uslubiy ishlanmalarda o’qitishning bu muhim jihati 
e’tibordan chetda qoladi. Aksincha, uni har bir didaktik izlanishlar tarkibiga kiritish 
maqsadga muvofiqdir. 


 
100
3. Mashg’ulotlarni didaktik konstruksiyalash usullari. Pedagogik texnologiya 
bo’yicha o’quv jarayonini rejalashda o’qituvchining darsga tayyorgarligi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Yuqorida maqsadlarni aniqlashtirish, o’quv materiali va nazorat 
ishlarini tayyorlash, o’quv faoliyatiini shaklini tanlash haqida fikr yuritildi. 
Pedagogik amaliyot ko’rsatganidek, aynan o’quv faoliyatini rejalashda o’qituvchilar 
jiddiy qiyinchilikka uchraydilar va bu ulardan yuqori malaka va tajribaga ega 
bo’lishni talab qiladi. Chunki bunda, aniq ko’rsatmalar (algoritmlar) tuzish nisbatan 
ko’proq ijodiy yondashishni talab qiladi. 
 
Yaponiyalik olimlarning o’qituvchilar bilan hamkorlikda o’quv faoliyatni 
tashkil etish bo’yicha taklif etgan usullarini ko’rib o’tamiz. Bu usullarga xos bo’lgan 
umumiy belgi shuki, ularda o’qituvchi ajratib olgan o’quv material blokiga oldindan 
tayyorgarlik ko’rishni nazarda tutiladi. O’qituvchi bu blok uchun asosiy o’quv 
maqsadlari va umumiy ish rejasini tuzgan bo’lishi lozim. Ularga xos yana bir muhim 
jihat - bu usullarda anglatuvchi (imitasiya) modellashtirishning u, yoki bu shaklidan 
foydalanish bo’lib hisoblanadi. Bu usullarda qisqacha to’htalib o’tamiz: 
 1. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling