Microsoft Word Yangi texn doc


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

Amaliy tadqiqotlar – pedagogik jarayonning ayrim jihatlarini chuqur 
o’rganishga qaratilgan ishlar, pedagogik amaliyot qonunlarini ochish. 
Anketalashtirish – anketa yordamida ijtimoiy, iqtisodiy, demografik
psixologik (ruhiy), pedagogik va boshqa tadqiqotlar uchun dastlabki materiallarni 
yig’ish jarayoni. 
Antropologiya – odamning biologik tabiatini har tomonlama o’rganuvchi 
fan. 
Asotirlar - ibtidoiy insonlarning koinot, tabiat hodisalarining mohiyati, paydo 
bo’lish sabablarini o’zlaricha izohlash maqsadida yaratgan og’zaki hikoyalaridir. 
Insoniyat tafakkurining ilk mevasi sifatida asotirlar qadimgi ajdodlarimizning atrofini 
o’rab olgan borliqqa, turli- tuman narsa va hodisalarga, koinot va yer osti dunyosiga 
bo’lgan qarashlar tizimidan iborat.  
Asotirlar keyinchalik inson badiiy tafakkurining rivoji, ilm-fan taraqqiyoti 
tufayli tabiat hodisalari va turli narsalarning sir-asrorini tushunib yetishlari oqibatida 
afsona, rivoyat kabi janrlarga aylanadilar. 
Asotirlar yer yuzidagi barcha xalqlarda mavjud, chunki barcha xalqlar o’z 
taraqqiyotining ilk bosqichlarida asotirlar orqali fikrlash, dunyoga asotirlar nigohi 
bilan qarash bosqichini bosib o’tganlar. 
Assimilyasiya – yangi sharoitda tayyor malaka va ko’nikmalardan jiddiy 
o’zgarishsiz foydalanish 
Autotrening - o’zini-o’zi ishontirish, shaxsning o’zini-o’zi boshqarishga 
qaratilgan maxsus mashqlar to’plami. Autotreningdan shaxsning o’z ruhiy holati va 
xulqini boshqarishda foydalaniladi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling