Dolzarblikni asoslash – ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda amaliyotining
istiqboldagi taraqqiyoti muammolarini o’z vaqtida o’rganish va hal qilish zarurligini
ko’rsatish.
Dunyoqarash – shaxsning tafakkur tarzi va yo’nalishini aks ettiruvchi
qarashlar, e’tiqod va fikr-o’ylar tizimi.
Idrok etish malakasi – boshqa subyektning xususiyatlarini – uning muloqoti
va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur bo’lgan kasbiy – pedagogik malaka.
Ideal – oliy maqsad, biror narsaning namunasi, shaxs, guruhlarning xatti-
harakatlari, intilishlari intihosi.
Ijtimoiy idrok etish – kishilar tomonidan ijtimoiy obyektlarning idrok
etilishi, tushunilishi va baholanishi.
Izohlash, tushuntirish – og’zaki izoh, yoritilishi lozim bo’lgan turli
materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
Ilmiy muammo (masala) – fan orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.
Ilmiy yangilik – muayyan davrga nisbatan ma’lum bo’lmagan va
pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinmagan nazariy va amaliy xulosalar, ta’lim
qonuniyatlari, uning tuzilma va mexanizmlari mazmuni, tamoyillari va
texnologiyalari.
Individuallik – shaxsning betakror biososiologik xususiyatlari.
Intellekt – shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan
o’zlashtirishini belgilaydigan tug’ma va o’zlashma barcha aqliy qobiliyatlar to’plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |