Muammoli o’qitish - o’quv mashg’ulotini tashkil etish shakli bo’lib, unda
pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal qilinishida
ta’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar.
Muammoli vaziyat - o’quv vaziyati bo’lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan
masala tufayli yuzaga keladi.
Muloqotning yetakchi tipi – rivojlanishning ma’lum bir davrida atrofidagi
kishilar bilan muomalada yetakchilik qiladigan muloqot tipi bo’lib, uning natijasida
shaxsning asosiy sifatlari shakllanadi.
Munozara – 1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama qilish,
bahs; 2) muayyan muammo bo’yicha fikr almashishga asoslangan ta’lim metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |