Pedagogik masala – pedagogik jarayonning asosiy birligi, o’ziga xos
tizimidir. U voqyelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog’liq tafakkur
qilinadigan pedagogik vaziyatdir. Ta’lim qatnashchilarining ma’lum bir maqsadini
ko’zlagan ta’lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyatdir.
Pedagogik mahorat – pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish,
harakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori
samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.
Pedagogik muloqot – ta’lim oluvchilarning maqsadlari hamda ularning
birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o’zaro aloqalarini o’rnatish va
rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo’llab-quvvatlashini tashkil etishning ko’p
qirrali jarayoni.
Pedagogik takt – bolalar faoliyatining turli doiralarida ular bilan muloqotda
bo’lishning pedagogik tamoyili, o’lchovi, o’quvchilar bilan ularning shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda to’g’ri muloqotda bo’la olish malakasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |