Microsoft Word Yangi texn doc


V.P.Bespalko ta’kidlaganidek: - Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

V.P.Bespalko ta’kidlaganidek: - Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi 
mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda, pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay 
oladigan, talaba shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash - loyihalashdir. 
O’qitishning mavjud uslublari ko’p hollarda o’quv jarayonini tashkil etish va 
olib borishga oid tavsiyalar majmuidan iborat bo’lsa, pedagogik texnologiya bundan 
farqli o’laroq: birinchidan yakuniy natijani kafolatlaydi, ikkinchidan esa bo’lajak 
o’quv jarayonini ham loyihalaydi. U.N.Nishonaliyev va B.L.Farberman 
ta’kidlaganlaridek, «pedagogik texnologiya o’quv maqsadlarning aniq belgilanishi, 
yakuniy natijani kafolatlanishi, o’quv jarayonning takrorlanuvchanligini ta’minlashi 
va tezkor qaytuvchan aloqaning mavjudligi bilan xarakterlanadi». O’quv  jarayonini  
pedagogik  texnologiya  asosida  loyihalash sxemasi 1-rasmda berilgan. 
Bunday umumiy tasvirlashda texnologik yondashishning o’ziga xos belgilari 
sezilmayotganga o’xshaydi. Haqiqatda ham umumiy maqsad va mazmun har doim 
aniqlanadi, har qanday ta’lim jarayonining maqsadi belgilanadi o’qitish natijasi har 
doim ham baholanadi. Lekin bu sxemadan ham an’anaviy o’qitishga xos bo’lmagan 
belgini - o’quv maqsadlarining aniqlashtirilishi, o’quv jarayoniga va maqsadlariga, 
uning natijasiga qarab tuzatishlar kiritish va izchil qaytuvchan aloqaning mavjud 
ekanligini ko’rish mumkin. AQSHda yaratilgan pedagogik texnologiyani barcha 
rivojlangan mamlakatlar qabul qildi va u xalqaro miqyosda nufuzli tashkilotlardan 
hisoblangan YuNESKO tomonidan ma’qullandi. 1996 yilda YuNESKO rahbarligida 
Iyerusalim (Isroil) universitetida pedagogik texnologiyaga bag’ishlangan xalqaro 
konferensiya bo’lib o’tdi. Bunda AQSH, Angliya, Germaniya kabi rivojlangan 
mamlakatlar bilan birga, Kosta-Rika, Fillipin Respublikasi, Turkiya va Mal’ta 
vakillari ham pedagogik texnologiyani joriy qilib yuqori natijalarga 
erishayotganlarini ma’lum qildilar. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling