Microsoft Word Yangi texn doc


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

Pedagogik tizim. Inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida 
shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo’lib, uning tarkibi pedagogik 
jarayonning obyektlari va subyektlari, shakl-usullari, ular o’rtasidagi munosabatlar, 
o’zaro ta’sirlar, ularni boshqarishdan iborat. Pedagogika keng va tor (jins va tur) 
tushunchalarni o’z ichiga oladi: pedagogika-fan; pedagogika-o’quv predmeti; 
pedagoglik-inson faoliyatining bir sohasi sifatida keng tushunchalardir. Ularning har 
biri ma’lum qismlardan tuzilgan tizim hisoblanadi. Pedagogika fan sifatida ayrim 
belgilariga ko’ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pedagogik fanlar tizimiga 
pedagogika nazariyasi va tarixi; o’qitish nazariyasi va metodikasi; maxsus 
pedagogika; jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi; madaniy-ma’rifiy ishlar 
pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika kabilar kiradi. 
Shuningdek, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta’lim-tarbiyaning 
yo’nalishlari, turlari tizimi; uzluksiz ta’lim tizimi; ta’lim muassasalari tizimi; 
pedagogik ixtisosliklar tizimi; o’quv vazifalari, o’quv axborotlari tizimi kabilar ham 
pedagogik tizim tarkibiga kiradi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling