Microsoft Word Yangi texn doc


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

1) didaktika qoidalarini barcha mamlakatlarda, xususan AQSHDA keng tarzda 
ommalashmagani; 
2) uning qoidalari o’ta konstruktiv xarakterga ega bo’lmay, zamon talabidan 
orqada qolib ketganligi; 
3) asrimizning 60-yillarida ta’lim tizimiga texnikani-o’rgatuvchi mashinalarni kirib 
kelganligidir . 
 
Tegishli adabiyotlarni tahlil qilish «pedagogik texnologiya» tushunchasi 
o’zining rivojlanish tarixiga ega ekanligini ko’rsatdi. Xorijiy mutaxassislar bu 
tushunchaning rivojlanishini uch bosqichga bo’lib o’rganish lozim deb hisoblaydilar. 
Birinchi bosqichda, o’qitish jarayonini faqat o’qituvchining o’zi olib borar edi. 
N.F.Talizina ta’kidlaganidek, «Inson tajribasi o’qitish texnologiyasi funksiyasini 
bajargan» . Ikkinchi bosqichda esa, darslik va qo’llanmalar chop etila boshlagandan 
so’ng - o’qitish texnologiyasi mazmunida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. O’qituvchiga 
yordam beruvchi turli didaktik materiallar vujudga kela boshladi. Uchinchi bosqichda 
esa, o’qitish texnologiyasi mazmun jihatdan yanada boyidi; o’qituvchi va talabalar 
uchun yuqoridagilar qatoriga texnik vositalar, ya’ni o’rgatuvchi mashinalar ham 
qo’shildi. 
 
O’rgatuvchi mashinalarni o’quv jarayonida qo’llanishi natijasida dasturlangan 
ta’lim tushunchasi vujudga keldi. U pedagogik texnologiyaning dastlabki o’xshatmasi 
edi. Lekin, dasturlangan o’qitish tarafdorlarining «o’qitishini og’zaki bayon qilish 
uslubidan voz kechish vaqti keldi, mashina o’qituvchi shaxsini bemalol almashtirishi 


 
10
mumkin», deb ehtiyotsizlik bilan aytgan fikrlari amaliyotchi pedagoglarni o’ta 
hayratga soldi, nazariyotchi pedagoglar esa uni qat’iy e’tiroz bilan qabul qildilar. Bu 
o’rinda, dasturlangan ta’lim haqida amerikalik pedagog U. Shrammning quyidagi 
fikrini misol tariqasida keltirish mumkin: - Dasturlangan o’qitish - bu avtomatik 
repetitor bo’lib, u talabani:  
1) mantiqiy o’zaro bog’liq, qisqa qadamlar orqali;  
2) deyarli xato qildirmasdan;  
3) to’g’ri javob berishga yo’llaydi va u;  
4) o’z o’rnida baholanib mustahkamlanishi natijasida;  
5) o’qitish maqsadlarini belgilovchi aniq javoblarga ketma-ket ravishda 
yaqinlashtirib boradi.  
Demak, bundan ta’lim jarayonida o’qituvchi shaxsini batamom inkor etiladi, 
degan xulosaga kelish mumkin. Shuning uchun ham, dasturlangan ta’lim o’sha 
davrda o’qitishni aniq maqsadlarini belgilashning zamonaviy shakli bo’lishiga 
qaramay, fanda va pedagogik amaliyotda o’z rivojini topmadi. 
 
Lekin, o’sha yillar jahon pedagogikasida texnik vositalarni rivojlantirish va 
ularning xonadagi barcha talabalarni qamrab olishi, axborot sig’imi va axborot 
o’tkazish qobiliyatlarini oshirish, o’quv axboroti uzatish kanalini individuallashtirish 
kabi ta’lim berish imkoniyatlaridan unumli foydalanishni takomillashtirishga oid 
muammolarga alohida e’tibor berila boshlandi. Ko’pchilik mutaxassis olimlar o’quv 
jarayonida keng qo’llanilayotgan odatdagi ommaviy axborot vositalari (televideniye, 
radio) o’rniga EHM, axborot saqlashning kompyuterlash-tirilgan tizimi, lazerli aloqa 
kanali, mikroelektron qurilmalar va boshqa yangi axborot vositalaridan foydalanishga 
o’tish zarurligini ta’kidladilar.  

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling