Microsoft Word Yangi texn doc
b) qo’shimcha adabiyotlar
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ko’p bosqichli ta’lim
b) qo’shimcha adabiyotlar 3. Mixaylichev Ye.A. Norov Sh.K.Didakticheskiye test ы v sisteme mnogoetapnogo kontrolya znaniy studentov. Bux.ILPP, 1995. - 24 s. 4. Usmonova M.N. Pedagogicheskiye testirovaniye: istoriya razvitiya i sovremennoye sostoyaniye. T.: Adolat. 1995. - 160 s. 5. Farberman B.L. Ta’limda eng muhim yangilik. // Ma’rifat. 1995 yil. 24 may. 1. Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.) ni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida «o’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashning muhimligi» alohida qayd qilingan. Shuning uchun ham mamlakatimiz o’quv yurtlarida pedagogik texnologiyaga qiziqish ortib unga turlicha qarashlar, va bu tushunchani o’ziga xos talqin qilishlar, shuningdek, pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga joriy etishga ham turlicha yondashuvlar sodir bo’lmoqda. Ushbu bo’limda o’tgan asrning 60-yillarida AQSH (B. Blum, D. Kratvol, N. Gronland, J.Kerrol) da yaratilgan va jahondagi 30 ga yaqin mamlakatlar ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning nazariy asoslari, o’ziga xos xususiyatlari hamda bu texnologiyaning mamlakatimiz ta’lim tizimiga joriy etishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Zero, o’qitishga texnologik yondashuvning o’zbek xalq pedagogikasi g’oyalari bilan uyg’unlashtirib o’quv jarayoniga tadbiq etish, kadrlar tayyorlash sifatini jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirishda alohida o’rin tutishi muqarrardir. Shuni ta’kidlash lozimki, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan barcha o’quv yurtlarda ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo’yicha aniq maqsad sari samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1997 yil aprel-iyun oylarida o’tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy seminarlar dasturida pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga joriy etish masalasi o’z aksini topgan. O’sha yili avgust oyida «Muammolar» institutida «Ilg’or pedagogik texnologiyalar» bo’yicha jadallashtirilgan malaka oshirish kursi tashkil qilinib, unda professor B. L. Farberman qiziqarli ma’ruzalar o’qidi. U ta’kidlaganidek: «Ko’p bosqichli ta’lim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling