Microsoft Word Yangi texn doc
tizimi, yangi standart va o’quv dasturlari joriy etilayotgan hozirgi davrda
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
tizimi, yangi standart va o’quv dasturlari joriy etilayotgan hozirgi davrda
o’qitishni eskicha uslub bilan olib borishga yo’l qo’ymaslik kerak». O’tgan davr mobaynida bu institut tomonidan Respublikamizdagi bir nechta oliy o’quv yurtlarida pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga joriy etish masalasiga bag’ishlangan maxsus kurs va seminarlar o’tkazildi. Xususan, 1999 yilning o’zida Respublika (8-9 aprel) va 7 ta hududiy seminarlar o’tkazildi («Ta’lim muammolari» 1999 y. № 1-2). Bu esa, hozirgi kunda pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga joriy etish, Vazirlik miqyosida eng dolzarb masalalardan biri ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi. 2. O’qitishda texnologik yondoshuvni vujudga kelishi va rivojlanishi. Vazirlik ko’rsatmalariga amal qilgan holda Toshkent Kime-txnologiya institutida ham pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga qo’llash bo’yicha bir muncha ishlar qilinmoqda. Jumladan, institut ilmiy kengashi yig’ilish qarori bilan professional- pedagogik tayyorgarlik yo’nalishi ishchi o’quv rejasiga 122 soat hajmda «Ilg’or pedagogik texnologiyalar» fani kiritildi va u hozirgi kunlarda ham o’qitilmoqda. 1999 yildan esa ta’lim standartlariga muvofiq Respublikamizdagi pedagogik kadrlar tayyorlovchi barcha oliy o’quv yurtlarida bu fanni o’qitilishi joriy qilindi. Uning ahamiyati shundaki, mazkur ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining asosiy qismi akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko’rsatadilar. Ular mashg’ulotlarni pedagogik texnologiya qoidalariga asosan tashkil qilib, dastlabki ish faoliyatidayoq hamkasblari va talabalari diqqat-e’tiborini o’zlariga jalb qilishi zarur. O’qitishga texnologik yondashish, ya’ni o’quv jarayonini ham ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchan xarakterga ega bo’lishini ta’minlashga oid dastlabki izlanishlar o’tgan asrning 50-yillarida amerikalik pedagog olimlar tomonidan olib borilgan. Xususan, «o’qitish texnologiyasi» iborasi ham birinchi marta amerikalik olim B.Skinner tomonidan ishlatilgan. U - «o’qitish texnologiyasi-psixologiya fani yutuqlarining pedagogik amaliyotda qo’llanishidan iborat», deb ta’riflagan . Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling