Mikrobiologiya va


Tekshirish natijasidan qat’iy nazar, material ikkinchi


Download 1.89 Mb.
bet119/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Tekshirish natijasidan qat’iy nazar, material ikkinchi peptonl* suvga ekiladi. 01-zardob bilan agglyutinatsiya beruvchi grammanfiy vibrionlaming aniqlanishi ikkinchi marta dastlabki javobni berish irnkonini beradi. Sof kulturani ajratib olish va uni identifikatsiya qilish uchun (iO—12 soat) ishqoriy agarda va boshqa muhitlarda о sgan 5—6 ta bir tipdagi koloniyaiardan foydalaniladi. Vabo vibrioni ishqoriy agarda katta bo‘ lmagan disksimon tiniq S-koloniyalar hosil qiladi. Agar oziqli muhitdan yorugMik nuri o‘tkazilsa vabo vibrioni koloniyalari ко kimtir tovlanib turadi. Tiosulfat, sitrat, o‘t kislotasi tuzlari va saxaroza tutuvchi (TSBS) muhitda vabo vibrionlari saxarozani fermentatsiya qilgani uchun muhitdagi koloniyalari sariq ranga kiradi. Analizni tezlatish uchun koloniyaiardan tayyorlangan bakteriya suspenziyasi bilan kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.
Buning uchun probirkalarda agglyutinatsiya beruvchi O-zardobni peptonli suv bilan titrigacha (0.5 ml hajmda) suyultiriladi. So ngiaharbir probirkaga 1—2 tomchidan bakteriya suspenziyasi tomiziladi. Agglyutinat­siya reaksiyasi natijasi 3—4 soat 37°C li termostatda saqlangandan keyin


227




aniqlanadi. Vaboning sof kulturasini ajratib olish uchun shubhalangan koloniyaiardan yarim uglevodli muhitlarga ekiladi.
Uchinchi bosqichi. Yarim uglevodli muhitda o‘sgan vabo vibrioni kulturasining oxirgi identifikatsiyasi uning vabo fagiga sezuvchanligi. gemolitik xususiyatlari, biokimyoviy aktivligi va vaboga qarshi
O-zardob, tipik agglyutinatsiya beruvchi Inaba va Ogava zardoblari bilan agglyutinatsiya berishiga ko‘ra o'tkaziladi. Shunday qilib, kulturaning identifikatsiyasi 3 bosqichda o'tkaziladi: 1) ularning Vibrio avlodiga mansubligi; 2) Ol qon zardobi bilan agglyutinatsiya reaksiyasini berishi, 3) spetsifikfaglargasezuvchanligi;4)kulturalamingturga xosuglevodlaming fermentatsiyasi, proteolitik, gemolitik va boshqa belgilarini aniqlanadi.
Bakteriologik tekshiruvlar natijasini baholashdagi qiyinchiliklarga vabo vibrionlarining noaniq, birinchi navbatda 01-zardob bilan agglyutinatsiya bermaydigan (NAG - vibrionlar) vibrionlami ajratishda duch kelish mumkin. NAG - vibrionlari spetsifik vabo faglarining biri bilan birga erib ketib (lizis) vabo vibrionlariga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Serodiagnostika. Serologik tekshirishlar qo‘shimcha tekshirish hisoblanib vaboning retrospektiv diagnostikasi, vibrion tashuvchilami aniqlash, infeksiyadan so‘ng va emlangandan so‘ng immunitetni baholash uchun qo‘llaniladi. Buning uchun, odatda, agglyutinatsiya reaksiyasi yoki PGAR va IFU hamda vibriotsid antitelalar va antitoksinlar lizis reaksiyasi yordamida in vitro sharoitida aniqlanadi.
Profilaktikasi
Vabo vaksinasi. Vabo vibrionlarining o‘ldirilgan aralashmasi. Vaboga qarshi aktiv emlashda qo‘llaniladi. El-Tor hamda klassik vabo vibrionlarin­ing Inaba va Ogava serotiplaridan tayyorlanadi.
Xolerogen-anatoksin. Suyuq oziqa muhitida o‘stirilgan va o'ldirilgan vabo vibrionlarining aralashmasi. Preparat keraksiz moddalardan tozal- anib, quruq holda ishlab chiqariladi. Vaboning maxsus profilaktikasida qo‘Uaniladi.
Vabo fagi. Tipik vabo faglari vabo vibrionlarini farqlash va turlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Polivalentli vabo bakteriofagidan davo-profilakti- ka maqsadlarida foydalaniladi.
Amaliy mashg‘ulot

  1. amaliy ish.

Enteropatogen E.coli diagnostikasi: kolienteritga shubha qilingan bemor materiali ekilgan Endo muhitidagi o‘sish natijasini baholash:



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling