Mikrobiologiya va


Bakteriologik tekshiruv. Birinchi bosqichi


Download 1.89 Mb.
bet118/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Bakteriologik tekshiruv. Birinchi bosqichi material har xil suyuq va qattiq muhitlarga xususan flakondagi ishqoriy peptonli suvga (1% peptonli suv, 0.5% xiorid natriy, 0.01% KN03 va 0,2% K,C03; pH - 9,0) va kosachadagi oziqli (ishqoriy agar. TSBS-agar. Mansur muhiti) agarlarga ekiladi. Peptonli suvga ekilganlarini 37°C da 5-6 soat, kosachadagilarni 10—12 soat davomida termostatda o'stiriladi.
Ikkinchi bosqichi. 5-6 soatdan keyin peptonli suvning yuzida vabo vibrioni yupqa parda hosil qilib o'sadi. Hosil boMgan pardadan yoki yuza qavatidan surtmalar va «ezilgan» «osilgan» tomchi preparatlari tayyorlanadi. Agar surtmada vaboga o'xshash vibrionla topilsa, shu materialning o'zidan buyum oynachasida vaboga qarshi spetsifik Ol zardob bilan (1:100 suyultirilgan) agglyutinatsiya reaksiyasi qo'yiladi. Morfologik va tinktorial xususiyatlari vaboga osxshasa va agglyutinatsiya leaksiyasi 01 qon zardob bilan musbat bo‘lsa, peptonli suvning bir qismini nitrozaindol sinamasini o‘tkazish uchun boshqa probirkaga quyib olinadi va ustiga bir necha tomchi sulfat kislota quyiladi. Agar natija ijobiy bo Isa, vabo vibrioni ta'sirida ajralgan indol va nitratlardan nitrozaindol hosil bo'lishi natijasida pushti rang paydo bo'ladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling