Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet78/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

(K


Og‘iizanjir


. Disulfid bog1


- ‘-/i


n n
Immunoglobulin IgM stnikturasi, pentomer


ч» ^ ‘ il. -L


Fc


Immunoglobulin H. strukturosi, monomen
38-rasm. Immunoglobulinlarni strukturasi


139




Antitelalaming maxsusligi ularning aktivlik markaziga bog'liqdir. Aktivlik markazi immunoglobulinlaming og'ir va yengil zanjirlarini Fab -bo'lakchasidaqaror topgan bo'lib, shakli va tuzilishi jihatidan antigenning determinant guruhining aksidir (qoMqopni qo*lga. kalitni esa qulfga to'g'ri kelishiga o‘xshash). Antitelalar antigenni biriktirib olishda asosan ularning aktivlik markazlari ishtirok etadi. bu birikish antitela va antigen molekulalarining o‘zaro tortishish kuchiga bog'liqdir. Ularning maxsus birikishi esa antitelalaming og‘ir va yengil zanjirlarining aktivlik markazi qismidagi oxirgi aminokislotalamingjoylashuv tartibiga bog'liqdir.
Antigen birinchi bor organizmga tushganda.organizm shu antigenga qarshi birinchi bo‘lib, IgM va5-6 kundan boshlab IgG sintez qila boshlaydi. Bu immunoglobulin qon zardobidagi hamma immunoglobulinlarni 80% tashkil qiladi. IgG yoMdosh orqali homilaga o'tadi.
Immunoglobulin A miqdori jihatdan qon zardobida IgG dan keyinda turadi va ikki xil ko‘rinishda uchraydi, qon zardobi va organizmda ishlab chiqariladigan turli hil suyuqliklar (sekretlar)da. shuning uchun ham sekretor immunoglobulin deb ataladi. Sekretor IgA oshqozon va ichak yo'llarida, o‘pkada, jinsi a'zolarning shilliq qavatida uchraydi. Bu immunoglobulin dimer holatida bo1 lib, sekretor komponenti orqali monomer bilan birikkan va shuning evaziga proteolitik fennentlar ta'sirida erib ketmaydi. IgA organizmda vazifasi juda muhim bo'lib. organizmga patogen bakteriyalarning kirishiga to‘sqinlik qiladi, boshqacha aytilganda. IgA organizmda himoyani birinchi chizig'ini tashkil qiladi (39-rasm). Immunoglobulin E yoki reagen antitelalar, qon zardobida uning miqdori ko‘p emas.
Organizmda juda kam bo‘ Igan plazmatik hujayralar uni ishlab chiqaradi. IgE ning Fc bo‘lagi sitofil (hujayrani sevishi) xususiyatiga ega, shuning uchun antigen bilan birikkanda semiz hujayralarga birikib oladi va semiz hujayralami degranulyatsiyagauchratishi mumkin. Buning natijasida semiz hujayralar vazoaktiv aminlami ajratib chiqara boshlaydi, bu esa organizmda pichan isitmasi, bronxial astma va shunga o'xshash simptomlarni keltirib chiqaradi. Immunoglobulin E asosiy fiziologik funksiyasi organizmning shilliq qavatlarida yuqorida ko‘rsatilgan yalligManish jarayonlarini keltirib chiqarish bilan birga, organizmni patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi, ya’ni patogen bakteriyalar IgA ning qarshiligini shilliq qavatlar orqali yengib o‘tsa, bu holatda IgE duch kelishi mumkin.IgE semiz hujayralar bilan birikib yalligManish jarayonini keltirib chiqaradi va shu


140




bilan birgalikda boshqa limfotsitlami yallig'lanish o'chogMga migratsiya boMishiga signal beradi. YalligManish o‘chogMga qon zardobidagi IgG. limfotsit va makrofaglar yogMladi va patogen agentni yo‘qotadi. Shu bilan birgalikda IgE asosan allergik kasalliklami keltirib chiqarishda organizmda qatnashadi.






Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling