Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet79/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

39-rasm. Immunoglabulin A, shilliq qavatlarga chiqish mexanizmi
Immunoglobulin (IgD) funksiyasi yaxshi o‘rganilmagan. oxirgi maMumotlarga qaraganda Iimfotsitlaming membrana retseptori vazifasini bajarishi mumkin.Organizmdagi antitelalaming miqdori ularning organizmda qancha muddat saqlanib turishga, antigen miqdoriga va uning necha marta, qanday usulda yuborilganligiga bogMiq. Mana shu jarayonni organizmda genotip boshqarib turadi. shuning uchun ham bir xil antigenga har xil genotipga ega boMgan organizmlar har xil javob beradi.
Antigen va antitelalaming organizmda maxsus birikishidan tashqari, antigen va antitelalaming birikishi (w vitro) probirkalarda ham kuzatish mumkin. Bunday maxsus immunologik reaksiyalami serologik reaksiyalar deb ataladi. Bularga: agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, lizis, komplementni bogMash. gemagglyutinatsiya va boshqa reaksiyalar kiradi. Bu serologik reaksiyalar maxsus birikishi va o‘ta yuqori sezuvchanlikka ega boMganligi


141




sababli tibbiyot amaiiyotida yuqumli kasalliklarga tashxis qo’yish va bakteriologik amaliyotda (ajratib olingan kulturani) saralashda ishlatiladi.
Hamma serologik reaksiyalar ikki fazada boradi. Birinchi fazasi max­sus, ya’ni antigenning determinant guruhi bilan antitelalaming aktiv markazlarini birikishi. Ikkinchi fazasi maxsus boimay bunday reaksi­yalar turiga qarab cho'kmaga tushishi yoki antigenning erishi kuzatiladi. Agar antitelalar kam dispersli va korpuskulyar antigenlar bilan biriksa, bu holda izotonik suyuqlikda mustahkam birikma hosil qilib. probirka tagiga cho‘kma (agregat) holida tushadi (40-rasm). Bu immunologik reaksiya- agglyutinatslya hodisasi deb ataladi.
Agglyutinatsiya reaksiyalari

Agglyutinatsiya reaksiyasida (lot.agg/itf/wmo-yopishish) antitelalar yordamida mikrob. eritrotsit, leykotsit trombotsit. to'qima hujayralari va ustiga antigen adsorbsiya qilingan korpuskulyar zarrachalar elektrolitli (0,85% NaCI eritmasi) muhitda bir biriga yopishib cho'kmaga tushadi. Korpuskulyar antigen “agglyutinogen’' deb ataladi. Agglyutinatsiya reak- siyasining mexanizmi “panjarani” eslatadi, bunda antitela faol markazi an­tigen bilan birikishidan birikma agglyutinat hosil bo'ladi. Bir-biriga yaqin mikroblar yopishsa guruh. agglyutinatsiya reaksiyasi kuzatiladi. Bu guruh. tur va variant antigenlari hisobiga kelib chiqadi. Maxsus spetsefik immun zardobni bakteriya aralashmasiga qo‘shilganda ular yopishadi agglyuti­natsiya hosil bo'lib, pilakchasimon yoki mayda donachalarga o'xshash cho‘kmalar hosil bo'ladi. Agglyutinatsiya reaksiyasi monosistemasi. to'g'ridan-to'g'ri sodir bo'ladigan ikki komponentli bo'lib, antitela (ag- glyutinin) va korpuskulyar antigen (agglyutinogen) qatnashadi. Reaksiya antitela va antigenlar miqdorining ma’lum nisbatida va elektrolit (0,85% NaCI ning eritmasi) ishtirokida sodir bo'ladi.Agglyutinatsiya reaksiya­si maxsus, agglyutinatsiya beruvchi zardob. bakteriya bilan spetsifikdir. Ammo qardosh, yaqin mikroorganizmlar bilan ham kam miqdorda bo'lsa ham agglyutinatsiya berishi mumkin.
Somatik (O), xivchinli (H) va Vi antigenlar tutuvchi harakatchan bakteriyalar bilan immunizatsiya qilingan hayvonlar organizmida O-. H-,Vi-agglyutininlar hosil bo'ladi. Agar turli bakteriyalarda guruh va turga xos antigenlar bo'lsa, ular bitta guruh antigenlarga qarshi antitelalar tutu­vchi immun zardob bilan agglyutinatsiya berishi mumkin. Bu mikroorga­nizmlar identifikatsiyasini qiyinlashtiradi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling