Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet81/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Ingrediyentlar

Probirkalar

1

2

3

4 5

6

Suyultirish

1:100

1:200

1:400

1:800

Nazorat
(Ag)

Nazorat
(zardob)

1

Natriy
xloridning
izotonik
eritmasi

0.5

0.5

0.5

0.5

0.5

0.5

2

Bemor qon zardobi 1:10 nisbatda suyul­tirilgan

0.5

-

-

-

-

0,5 (1:10)

3

Diagnostikum (1-2 mlrd. mikrob hu­jayrasi).

0.15

0.15

0.15

0.15

0.15

-


Buyum oynasida agglyutinatsiya reaksiyasini qo'yish. Ajratilib olingan mikrorganizmlarni qaysi turga va sero guruhlarga mansubligini aniqlash uchun agglyutinatsiya buyum oynasida quyiladi. Buning uchun ma'lum aggiyutinatsiyaga uchratuvchi zardobdan Paster pipetkasi yordamida 1—2 tomchi buyum oynachasiga tomiziladi. nazorat uchun natriy xloridni izotonik eritmasi 1-2 tomchi olinadi va bakteriologik halka yordamida tekshirilayotgan mikrob kulturasi olinib. buyum oynasidagi maxsus zardob bilan aralashtiriladi. Reaksiyaning natijasi 3-10 daqiqa- dan so'ng ko'riladi. Musbat agglyutinatsiya reaksiyasida buyum oynachasi ustida vaqqol ko'rinuvchi zarrachalari hosil bo'ladi. Shu bilan bir qatorda nazorat oynachada fiziologik suyuqlik bilan tekshirilayotgan antigen agglyutinatsiya bermaydi.
Komplementni bog‘lash reaksiyasini qo‘yish. KBR murakkab serologik reaksiyalar jumlasiga kiradi, bu reaksiyada antigen, antitela va komplementdan tashqari reaksiya natijasini ko‘rsatib beruvchi gemolitik


145




sistema ham qo'llaniladi. KBR yuqori sezgirlikka ega boiganligi sababli keng ko‘lamda yuqumli kasalliklarning diagnostikasida qo‘llaniladi. (Masalan: viruslar. rikketsiyalar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarda). KBR ko’pincha bemorlardan ajratib olingan viruslarni aniqlash va turini belgilashda ishlatiladi.
Komplementni bog‘lash reaksiyasini qo‘yishda zarur ingriesiyentlar:

Bemoming qon zardobi;
Izlanayotgan antitelaga maxsus bo’lgan ma'lum antigen;
Komplement
Gemolitik qon zardobi:
Natriy xloridning izotonik suyuqligi.
Probirkalar va pipetkalar.
Komplement tariqasida dengiz cho’chqasining yangi qon zardobidan (24—48 davomida) yoki ishlab chiqilgan ampulalardagi quruq komplementdan foydalaniladi. Reaksiya qo’yish oldidan komplement 1:10 nisbatda (kerakli miqdorda) suyultiriladi, (eritrotsitlarni gemolizga uchratuvchi komplementning eng kam miqdori). Shuningdek, antigenning antikomplementar xususiyatlari bo’lishi mumkinligini nazarda tutib, komplementning aniqlangan ishchi titriga 20-30 foiz qo‘shmcha qo‘shiladi. Masalan: komplementning ishchi titri 0.15 ml. teng bo‘lsa, uning ishchi ti­trini 0,2 ml qilib olinadi.
Antigenlar - KBRda antigen bo’lib ishlab chiqarish institutlarida o‘ldirilgan bakteriyalarning emulsiyalari, shu emulsiyalardan tayyorlangan ekstraktlar va mikrob yoki virus hujayralaridan kimyoviy yo‘l bilan ajratib olingan fraksiyalari xizmat qiladi. Ishlatiladigan antigenlarning antikomplementar xususiyatini aniqlash uchun, komplement, reaksiyada ishlatiladigan antigen ishtirokida qo’shimcha ravishda titrlanadi va antigenning ishchi dozasi aniqlanadi. Agar antigen komplement ishtirokida titrlanib, komplementning titri 30 foizga kamaysa. bu holda antigen ishlatishga layoqatsizdir. Antigenni titrlash uchun uch qator probirkalar olinadi va shu probirkalaming har biriga, ya’ni qatoriga antigenning ikki marotaba oshirib borilgan eritmasidan 0,5 ml miqdorida olinadi. Birinchi qator probirkalarga teng miqdorda (0,5 ml) maxsus qon zardobi qo'shiladi, bu qon zardobining suyultiri 1 ishi esa to‘rt marotaba oshirilib boriladi.


146




Ikkinchi qatordagi probirkalarga teng miqdorda va shu suyultirilgan miqdorda normal qon zardobi qo'shiladi (antigen maxsus nazorat qilish uchun). Uchinchi qator probirkalarga 0,5 ml natriy xloridning izotonik suyuqligidan qo'shiladi. Hamma probirkalarga ikki marotaba suyultirilgan komplementdan 0.5 ml qo'shib. yaxshilab aralashtiriladi va 37°termostatga 60 daqiqaga qo'yiladi. Antigen qo'shiimagan qon zardobi ikkinchi nazorat boiib xizmat qiladi. Probirkalar termostatdan olinib, hammasiga 1ml gemolitik sistema qo'shiladi vayana termostatga 30 daqiqa gacha qo'yiladi. Antigen birligi deb uning eng yuqori suyultirilgan miqdori olinadi va shu suyultirilgan miqdorida spetsifik qon zardobi ishtirokida eritrotsitlarni ikki musbat (++) belgigacha gemolizga uchratmavdigan miqdori olinadi. Antigenning ishchi fazasi esa uning kam suyultirilgan miqdori bo'lib. shu suyultirilgan miqdorda spetsifik qon zardobi bilan birga reaksiyada ishtirok etadi va eritrotsitlarning gemolizini normal qon zardobi va xiorid natriy suyuqligi yordamida ushlab qololmaydigan miqdoriga aytiladi.
Gemolitik sistema - Gemolitik qon zardob+ qo'y eritrotsitlari (1:1 nisbatda). gemolitik qon zardob. inaktivatsiya qilingan (56°C 30 daqiqa suv hammomida saqlangan) quyonning qon zardobi boiib (tarkibida gemolizin saqlaydi). qo'y eritrotsitlari bilan qo'yonni giper immunlash yo'li bilan olinadi. Gemolitik zardob 1:1200 titrda chiqariladi. shuning uchun 1:400 nisbatda suvultiriladi.
Qo^ eritrotsitlari suspenziyasi fibrinsizlashtirilgan qo'y qonidan tayyorlanadi. eritrotsitlar natriy xloridning izotonik eritmasida butunlay rangsizlanguncha tiniq holiga kelguncha sentrifuga yordamida yuviladi va undan natriy xloridning izotonik eritmasidagi 3 % suspenziyasi tayyorlaniladi.
KBR ni qo‘yish uchun ishchi doza sifatida gemolitik zardobning 3 marta yuqori titri olinadi.
Asosiy tajribani qo‘yish. Barcha ingrediventlar titri va ishchi dozalari aniqlangandan so'ng KBR asosiy tajribasi qo'yiladi.
Tekshirilayotgan va nazorat qilinayotgan qon zardoblar oldindan 56 JC 30 daqiqa suv hammomida komplementi aktivsizlantiriladi.
KBR ning birinchi fazasida, ya‘ni 37° С da 30 daqiqa davomida antigenning tekshirilayotgan zardob va komplement bilan birikishini taqozo etadi. Agar KBR sovuq sharoitda o'tkaziladigon boisa, bu faza

  • 4 0 С da 18-20 soat davomida o'tkaziladi. bu esa reaksiya sezgirligini oshiradi.


147




Har bir probirkaga 0,4 ml dan gemolitik sistema qo'shilgach. probirkalar silkitiladi va 37° Cda 20—30 daqiqa davomida saqlanadi.
Probirkalarda gemoliz sodir boigan yoki boimaganligiga ko'ra tajriba natijasi aniqlanadi. Agar probirkadagi suyuqlik tiniq bo‘lib, eritrotsitlar cho'kmaga tushsa (0^4 0 С da 18—20 soat inkubatsiyada) va gemoliz butunlay boMmasa. reaksiya musbat. agar eritrotsitlarning barchasi erib, suyuqlik qizil rangga bo'yalsa, reaksiya manfiy hisoblanadi.
Gemolitik sistema reaksiyada indikatorlik vazifasini bajaradi. Gemoli­tik sistema. qo‘y eritrotsitlaridan va ularga qarshi (antigemolitik) gemolitik antitelalardan iboratdir. ya’ni gemolitik zardob. Bu gemolitik zardobni ol­ish uchun qo‘y eritrotsitlarini laboratoriya hayvonlari (quyon)ga bir necha marotaba yuboriladi va ulardan gemolitik zardob ajratib olinadi. Gemolitik zardob 56°C da suv hammomida inaktivatsiya qilinadi (56f,C da qon zard- obidagi komplement aktivligini yo‘qotadi).
KBR boshqa serologik reaksiyalarga o’xshab ikki fazada boradi:

  1. Antigen - antitela. 2.Komplementning adsorbsiya qilinishi.

Agar kasal qon zardobida shu reaksiyada ishlatilayotgan antigenga mos keladigan antitelalar boisa, u vaqtda hosil boiadigan antigen-antitela birikmasi o‘ziga komplementni biriktirib oladi, ya'ni bogMaydi (41-rasm).






Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling