Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet86/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

/■ Antigen


Pretsintat


Antitella


  1. rasm. Presipitatsiya reaksiyasi mexanizmi (sxemasi)

PR quyidagi amaliy ishlarda qo‘IIaniladi

  1. Yuqumli kasalliklar diagnostikasida (kuydirgi. tulyaremiya. o‘lat va boshqalar).

  2. Ba’zi bir bakteriyalarning turini yoki tipini aniqlashda.

  3. Sud tibbiyot ekspertizasi amaliyotida. Masalan, qon dog'i, sperma qaysi turga mansubligini aniqlashda keng qo'llaniladi.

  4. Sanitariya ekspertizasida esa cjalbaki ozik-ovqat mahsulotlarini (sut. go‘sht, baliq, asal va boshqalar) aniqlashda ishlatiladi.

Biologiyada esa turlar o'rtasida irsiy bogianish borligini (o'simliklar. mikroorganizmlar va hayvonlar) aniqlashda qo'llaniladi.
PR ning hozirgi kunda ko'plab modifikatsiyalari ishlab chiqilgan. Asosan, ikki yo^alishda. eliktrolit muhit va gelda qo’yiladi. Elektrolit muhitida eng ko‘p halqasimon PR qo'llaniladi. Bu juda sodda


156


AT ko'p zona i


AT
ko’p
zona




reaksiya bo'lib. oson qo'yilishi bilan ajralib turadi. Reaksiya ko'proq kuydirgi kasalligining diagnostikasida keng qo'llaniladi. Kuydirgi qo'zg'atuvchisining hujayra devorida ikki toifa antigeni uchraydi. Birinchi toifa antigenlari issiqlikga chidamsiz. yuqori haroratda parchalanib ketadi. ikkinchi toifa antigeni esa issiqlikka chidamli hisoblanadi. Shu antigenini topishda PR qo'llaniladi. Shuning uchun bu reaksiyani termopretsipitatsiya reaksiyasi ham deb ataladi. Antigen sifatida kuydirgi kasalligidan halok bo'lgan hayvonning terisi. yungi va boshqa joyidan olingan materiallar ishlatiladi. Ular qavnatilib. filtratlar tayyorlanadi, uni maxsus PR uchun mo'ljallangan probirkalarga quyiladi.
Filtratning ustiga sekin-asta shoshmasdan probirkaning devoridan maxsus pretsipitatsiyaga uchratuvchi immun zardob qoplab tushuriladi. Agar PR musbat bo'lsa. ikki suyuqlik chegarasida halqa. ya’ni pretsipitat paydo bo‘ladi (45-rasm). bu esa tegishli antigen borligidan darak beradi. Pretsipitatsiya zardobining titri eng yuqori antigen suyultirgani bilan ifoda qilinadi.
Bu hoi probirkada aniq PR ro'y beradi. Immun zardobining dispers- ligi antigennikidan kam bo'lgani uchun ularni tenglashtirish maqsadida antigen suyultiriladi (10-iadval). Bundan tashqari. gel (agardagi) pretsip­itatsiya reaksiyasi ham bor. Agarli Petri kosachasida bir-biridan oralig'i teng bo'lgan chuqurchalar hosil qilinadi. Markaziv chuqurchaga tarkibida antitelalar bo'lgan zardob tomiziladi. qolganlariga esa, tekshiriluvchi ma­teriallar
yoki antigenning har xil darajada snyultiriIgani quyiladi. Agarda moddalar diffuziya boiadi va teng miqdorda bo'lgan jovda antigen va antitelalar uchrashadi va xira rangli chiziqlar. ya'ni pretsipitatsiya yoylari hosil bo'ladi. Bu reaksiya difteriya qo'zg'atuvchisining zaharli shtammla- rini aniqlashda foydalaniladi.
Pretsepitatsiya reaksiyasining 20 dan ortiq turlari mavjud bo'lib, probirka ichida. kapillyarlarda, buyum oynachalarida, filtr qog'ozida. atsetat sellyulozali plyonkada, gelda qo'yiladigan PR larga bo'linadi. Shulardan bin flokkulyasiya reaksiyasi.
Bunda antitoksin tutuvchi zardobli probirkaga toksin qo'shilsa. birikma hosil bo'ladi va natijada probirkadagi suyuklik xiralashadi. Flokkulyatsiya reaksiyasi zardob ishlab chiqarishda antitoksik zardoblarning faollik darajasi yoki ta'sir kuchini aniqlashda ishlatiladi.


157




Ingredientlar

Probirkalar

1

2

J

4

5

Suyultirilgan antigen

1:100

1:200

1:400

Nazo-
ratAg

Nazo-
ratAt

Natriy xloridning izotonik suyuqli­gi (ml)

0.5

0,5

0.5

0,5

0.5

Tekshirilayotgan ekstrakt (antigen ml 1:50, 0,1-4,9)

0,5

0.5

0.5

0,5




Maxsus pretsipitatsiyaga uchratuvchi qon zardob 0.5 ml qoplab
tomiziladi

Diagnostik kon zardob

0,5

0.5

0.5

-

0,5


158


1


Ilova. nazorat tekshirilayotgan antigen - normal qon zardobi.
diagnostik qon zardobi - natriy xloridning izotonik suyuqligi.
Immunoferment analiz usuli (IFA). Ko'p jihatlari bilan RIA o'xshab ketadi. biroq undan qo'shimcha reagentlar - AG va AT, nishonlangan fermentlar (peroksidaza. ishqoriy fosfataza) qoilanilishi bilan farqlanadi (46-rasm). Immun kompleks hosil qilingandan so'ng ushbu sistemaga fermentlar bilan bovitilgan substrakt qo'shiladi. bunda muhit sarg‘ish (peroksidaza ishtirokida) yoki sargish-yashil (fosfataza ishtirokida) rangga kiradi.
Oxirgi yillarda lFAning turli modifikatsiyalari ishlab chiqilgan. Klinik immunologiya amaliyotida IFA ning qattiq fazali «sendvich» variantidan ko'proq foydalaniladi. IFA bu variantining bevosita va bilvosita usullari ishlab chiqilgan.
IFA ning bevosita usuli. Antigen adsorbsiya qilingan (polisterol planshetka) qattiq substratga izlanilayotgan antitela aralashmali zardob qo'shiladi. Agar izlanilayotgan At qon zardobida bo'lsa Ag bilan maxsus birikadi. Ikkinchi boqichida antigenga bog‘lanmagan At lar ko‘p marotaba yuvish bilan chiqarib tashlanadi.
Uchinchi bosqichda esa antigen bilan birikkan antitelaga qarshi ferment bilan nishonlangan antiglobulin (kon’yugat) qon zardobi qo'shiladi. To'rtinchi bosqichda antitela bilan birikkan ferment markyor miqdori aniqlanadi (46a-rasm).
IFA ning bilvosita usuli. Bu reaksiyaning bevosita usuldan farqi antitela adsorbsiya qilingan (polisterol planshetka) izlanilayotgan Ag bo'lishi ehtimoli bor qon zardobi qo'shiladi. Agar izlanilayotgan zardobda antigen bo'lsa, antitela bilan birikadi va uning ustiga diagnostik qon zardobi qo'shiladi, inkubatsiya qilingandan keyin uni ko'p marotaba yuvib tashlanadi.
Ikkinchi bosqichida maxsus antitelani ferment bilan nishonlangan varianti (kon’yugat) qo'shiladi. Agar izlanilayotgan zardobda antigen bo'lsa ferment bilan nishonlangan kon'yugat antiglobulin antitela bilan birikadi va substrat xromogen qo'shilganda rangi o'zgaradi. Bogiangan kon'yugatning miqdori tekshirilayotgan namunadagi At yoki Ag miqdoriga to'g'ri proporsional (46b-rasm)..


159




Odam Igsiga qarshi zardob


Л if,
Ar; (Kv^J + Substrat/Xromogen


1

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling