Mikrobiologiya va


Immunokompetent hujayralami monoklonal antitelalar bilan bilvosita rozetka hosil qilish usulida aniqlash


Download 1.89 Mb.
bet94/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Immunokompetent hujayralami monoklonal antitelalar bilan bilvosita rozetka hosil qilish usulida aniqlash
Usulning mohiyati shundan iboratki, limfotsitlar monoklonal antitela retseptori bo'lsa, yuzasida mAT bo'lgan eritrotsitlami biriktirib rozetka hosil qiladi. Bu usul o'zining oson qo‘yilishi, yetarli maxsusligi bilan ajralib turadi va klinik laboratoriyalarda keng qo41anilib kelinmoqda. Hozirgi kunda ko‘proq quyidagi immunkompetent limfotsit hujayralarning markerlari mAT lar bilan aniqlandi. CD3-T-limfotsitlar, CD4- xelper/ induktoiiar, CD8-T supressor/sitotoksik limfotsitlar, CD19- B-Iimfotsit- lar, CD16-tabiiy killerlar. Qo‘llanilayotgan usulda ООО Sorbent, Rossiya (Moskva) ishlab chiqargan monoklonal antitelalardan foydalanish mumkin.
Immunokompetent hujayralami aniqlash uchun mAT li eritrotsitar diagnostikumlar tayyorlash
T-limfotsitlarning (CD3) eritrotsitar diagnostikumi quyidagi usullarda tayyorlandi. 1% odamni I (0) guruh Rh(-) eritrotsitlariga (0,1ml) 5mkl monoklonal antitela va ustiga 50 mkl 0,3% xiorid xrom eritmasi qo shildi. Hosil bo'lgan suspenziya 5 daqiqa silkitib turilib, uch marotaba sentrifugada 1500 ay/daqiqa fiziologik eritmada yuvildi. So‘ngra suspenziya 5 daqiqa 1% albumin eritmasida (nospetsifik reaksiyalami oldini olish uchun) inkubatsiya qilinib, .2 marotaba fiziologik eriunada sentrifugada 1500 ay/min qayta yuvildi va eritrotsitar diagnostikumning


173


ishchi konsentratsiyasi 2.5% yetkazildi. Shunday usulda CD4- helper/ induktorlar,CD8- T supressor/sitotoksik limfotsitlar. CD 19- B-limfotsit­lar. CD16-tabiiy killerlar 0‘zlariga mos monoklonal antitelalar qo'IIanilib tayyorlanadi (49-rasm).







  1. rasm. Immunokompetent hujayralami mATyuklangan eritrotsitar diagnostikum bilan bilvosta rozetka hosil qilish usuli bilan aniqlashning sxematik ko‘rinishi.

Har bir limfotsitlarga baho berish quyidagicha amalga oshiriladi: limfotsitlaming ishchi suspenziyasi va har bir tayyorlangan monoklonal antiteJali diagnostikumdan 0,1 ml olinib aralashtirildi va 800 ay/daqiqa sentrifuga qilinib, 1 soat muzlatkichda saqlanadi. Suspenziya sekin-sekin silkitib resuspenziya qilinadi va rozetkalar stabil boiishi uchun 2.5% glyutar aldegid eritmasi tomizilib. cho‘kmadan surtma tayyorlanadi, fiksatsiya qilinib, bo'yaladi va mikroskopda sanaladi. Bu usulda ham limfotsitlar o‘z atrofida 3 yoki undan ko‘p eritrotsitlarni biriktirib olsa rozetka deb hisoblandi; Umumiy limfotsitlar 100 dan 200 sanaladi. Irhmunokompeteht hujayralami mAT yuklangan eritrotsitar diagnostikum bilan bilvosta rozetka hosil qilish usuli bilan aniqlashning sxemasi 50-rasmda keltirilgan.
Immunokompetent hujayralami absolyut ko'rsatkichlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


174


АхВ


X = ,
100
bunda: А—1 mkl qondagi leykotsitlar miqdori:
5-limfotsitlarni nisbiy miqdori, %.
Masalan: 1 mkl qonda leykotsitlaming miqdori 6200, limfotsitlar 28%
6200x28 : 100= 1736, ya'ni 1 mkl qonda 1736 ta limfotsitlar bor ekan.
Shu formula orqali T va В limfotsitlaming absolyut miqdorini aniqlash mumkin, formuladagi levkotsitlar o'miga limfotsitlaming absolyut miqdori va limfotsitlaming nisbiy miqdori o'miga T yoki В limfotsitlaming nisbiy miqdori qo'yiladi. Masalan. T— limfotsitlar periferik qonda 57% topildi, uning absolyut miqdori 1736 x 57 : 100 = 989 I mkl teng. Qolgan limfotsitlaming absolyut miqdori ham shunday usulda hisoblab topiladi.
Teri-allergik sinamasini qo‘yish va baholash. Maxsus individual sensibilizatsiyani (sezuvchanlikni) aniqlash uchun sil, brutsellyoz va boshqa (allergenni timab teriga kiritish) yo‘l va teri orasiga qo‘yiladi. Masalan, Mantu reaksiyasini qo'yishda, tuberkulin shpritsi bilan teri orasiga tuberkulinning ma’lum konsentratsiyasi yuboriladi. Reaksiya 24 va48 soatdan so'ng, qizarish darajasiga ko‘ra aniqlanadi. Sinama yuborilgan joyda qizarish (papula) yoki infiltratning kattaligi 5 mm bo'lsa +, 1 sra gacha ++, 1 sm va undan katta +++ bo'lsa reaksiya musbat xisoblanadi hamda vezikulalar va limfangitlar borligi bilan ham aniqlanadi. yuqumli va boshqa allergik kasalliklarda teri-allergiya sinamasi qo‘yiladi. Allergik sinamalar ko'pincha bilakning ichki yuzasiga skarifikatsion (allergenni timab teriga kiritish) yo‘1 va teri orasiga qo'yiladi. Masalan, Mantu reaksiyasini qo'yishda, tuberkulin shpritsi bilan teri orasiga tuberkulinning ma’lum konsentratsiyasi yuboriladi. Reaksiya 24 va 48 soatdan so'ng, qizarish darajasiga ko'ra aniqlanadi. Sinama yuborilgan joyda qizarish (papula) yoki infiltratning kattaligi 5 mm bo‘lsa +, I sm gacha ++, 1 sm va undan katta +++ bo‘lsa reaksiya musbat hisoblanadi hamda vezikulalar va limfangitlar borligi bilan ham aniqlanadi.
Vaksinalar — immunobiologik preparatlar bo'lib, aktiv immunoprofilaktik maqsadda qo'llaniladi, ya’ni aniq yuqumli kasallikga nisbatan organizmni berilmaslik xususiyatini shakllantiradi. Vaksinalar quyidagi ko'rinishlarda olinadi:

  • bakteriya va viruslami mukammal tanasidan (tirik va o'ldirilgan);

  • bakteriya va viruslami alohida antigenlarini ajratib olish (ko'proq


175


j




Yoshi

Vaksina nomi

1 kun

VGB - 1

2—5 kun

BSJ - I . OPV-O


176





2 oylik

-rRoto-1. ПМЕВМО-1 Penta-1

3 oylik

-Roto-1. ПНЕ В MO-2 Penta-2

4 oylik

AKDS-3 . OPV-3. VGB-4-X1B-3

12 oylik

KPK-1. PNEVMO -3

16 oylik

AKDS -4. OPV-4

6 yosh

KPK-2

7 yosh (1 sinf)

ADS-M-5. OP\ -5

9-1 2 yosh

\'PCH* (odam pappiloma virusiga qarshi)

16-17yosh( 10 sinf)

ADS-M-6


Izoh: VGB —gepatit В ga qarshi. BSJ -silga qarshi. OPV—sholga qarshi. AKDS - ko'ky o'tal. bo'g'ma va qoqsholga qarshi. KPK- qizamiq-parotit- qizilchaga qarshi. XIB- Xib infeksiyasiga qarshi. ADS-M bo'g'ma va qoqsholga qarshi kuchsizlamirilgan vaksina.


  1. Download 1.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling