T-limfotsitlarni qo‘y eritrotsitlari bilan E-rozetka hosil qilish usuli yordamida aniqlash
1.0,1 ml limfotsit aralashmasiga 0.1 ml 1% qo‘y eritrotsitlari qo'shiladi, aralashma 5 Daqiqa 37°C termostatga qo'yiladi. so‘nga 800 aylan/ daqiqa 5 daqiqa sentrifuga qilinadi va 0—4°C muzlatkichda 30-60 daqiqa saqlandi.
Cho‘kmaning ustki qistnidagi suyuqlik paster pipetkasi bilan sekin so'rilib tashlanadi, aralashma o'ta ehtiyotkorlik bilan probirkada aralashtiriladi va 2.5% sovutilgan glyutar-aldegid qo'shiladi. ya ni oxirgi konsentratsiyasi 0.6% boiguncha. Xona haroratida 10 daqiqa saqlanadi.
Cho'kmadan preparat—surtma tayyorlanib. metil spirtida 10 daqiqa fiksatsiya qilinadi. Surtma Romanovkiy - Gimza usulida bo'yaladi.
Surtma yorug'lik mikroskopida (immersion) koi'iladi, 100—200 tagacha limfotsitlar sanaladi. Rozetka hosil qiluvchi T limfotsit deb uchta va undan ortiq qo‘y eritrotsitlarni o'ziga biriktirib olgan limfotsitlarga aytiladi. Sog'lom odamlarda T-limfotsitlarning bu populyasiyasi 50 - 70 foizni tashkil qiladi (48-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |