Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet88/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Namoyish qilish

  1. Periferik qondagi T-limfotsitlarni nisbiy va absolyut miqdorini aniqlash uchun, E-ROK va monoklonal antitelalar bilan (CD3, CD4, CD8) bilvosita rozetka hosil qilish usullarida qo4yilib tayyorlangan surtmalardan T-limfotsitlarni sanash va natijalash.

  2. Periferik qondagi B-limfotsitlaming nisbiy va absolyut miqdorini aniqlash uchun, EM-ROK va monoklonal antitelalar bilan (CD 19, CD20) bilvosita rozetka hosil qilish usullarida qo‘yilib tayyorlangan surtmalardan B-Iimfotsitlarni sanash va natijalash.

  3. Vaksinalar, anatoksinlar, immunoglobulinlar va immunzardoblar turlari bo;yicha naborlar. Adyuvantlar. Sxemalar, rasm va rangli albomlar, slaydlar, videoroliklar.

Tirik mavjudotlarda immunitetning evolyusiyasi, o'rtacha 500 mln. yildan beri shakllanib kelmoqda. Tabiatning bu mo‘jizasi o'zining tabiiy uyg‘unligi maqsadga muvofiqligi bilan ajralib turadi. Turli yo'nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlar, bizga immunitetning qonuniyatlarini va uning funksional xususiyatlarini ochib berdi va “Tibbiyot immunologiya” sini shakllantirdi.
Har yili tez rivojlanayotgan tibbiyotni bu yo'nalishida ko‘plab kashfiyotlar qilinmoqda. Afsuski hozirgi kungacha biz uchun asosiy boMgan - nima uchun immun sistema kerak? - degan savoliga to‘liq javob olingani yo‘q. Mantiqiy qaraganimizda immunitet bizni yuqumli kasallik


165




agentlari-bakteriya, virus, sodda jonivor. zamburugiardan \a organizim uchun begona boigan har qanday genetik omillardan himoya qiladi. Lekin. nima uchun immunitetga o‘ta yuqori darajadagi maxsus aniqlash tizimi zarur, ya’ni antigen begonaligini aniqlashdan tashqari oqsil strukturasi va uning tarkibidagi aminokislotalar ham maxsus aniqlanishdan chetda qolmaydi. Immun sistemani bu o’ta maxsus "sezgirligi" shuning uchun zarur ekan-ki. ya’ni immunitet, birinchi navbatda organizimni 'Vziniki'*

  • yoki to‘g‘rirog'i “begona" boigan "o'ziniki" dan himova qilar ekan. Chunki bizning organizmizda har kuni millonlab mutant hujayralar hosil boiadi va bular ko'plab defektli biomolekulalar sintez qilishi oqibatida, organizmdagi moddalar almashinuvini tormozlashi va eng havflisi bu mutantlar rak hujayralariga aylanishi mumkin.

Yuqoridagi aytilganlardan kelib chiqib. hozirgi kunda immun sistemaning asosiy vazifasi - organizmning ichki strukturasi tozaligini. ya’ni gomeostazning doimiyligini saqlashdan iboratdir deb tushiniladi.
Insonorganizmi oldiga qo'yilgan bu o*ta murakkab vazifani organizmda “Immun sistema” amalga oshiradi. Shuning uchun bu sistema oganizmning hamma to'qima, suyuqliklari va ularning tarkibi. hujayralarga kira olish xususiyatiga ega boiishi zarur. Odam immun sistemasi limfotik va qon sistemasi birlashishidan tashkil topgan.
Markaziy a’zo-ayrisimon bez (timus) va periferik a'zolar-taloq, limfatik tugun, peyer pilakchasi va limfoid yigilmalarda limfotsitlarning ko'payishi va shakllanishi ro‘y berib turadi.
Taloq qonni, limfatik tugunlar esa to‘qima suyuqligi va limfani filtrlaydi. Shuning uchun organizm suyuqliklarida paydo boigan har qanday “begona" biomolekulalar darhol aniqlanadi va ular a'zolarda neytralizatsiya
qilinadi. Bu jarayonda fagotsitlar. normal antitela. komplement. monooksidaza sistemasi fermentlari va boshqa omillar qatnashadi. Agar organizmga antigenlar ko’p miqdorda tushsa. vana ular ko’paysa (infeksion agentlar, rak hujayralari). nospetsifik himoya sistemasining kurashishga kuchi yetmasa bu jaravonga organizmda maxsus himoya sistemasidagi yuqori maxsuslikka ega boigan limfotsit va makrofaglar qo'shiladi, ularning javob reaksiyalarini mahsuloti maxsus antitelalar, killer limfotsitlar, effektor limfotsitlar, sitokinlar va boshqa organizmni yalligianish reaksiyalari boiishi mumkin. Begona antigenlar organizmda tugatilgandan so‘ng, immun javob sustlashadi. lekin limfoid xotira


166




hujayralarda bu antigenlarni antigen xususiyatlari (determinant) saqlanib qoladi. Agar shu antigen organizmga qaytadan tushsa. immun javob oldingi javobdan bir qancha kuchli va tez ro‘y beradi.
Shunday qilib. maxsus javobda immun sistemaning asosiy hujayralari makrofag va limfotsitlar ekan.
Organizmdagi limfotsitlarning hamma populyasiyasi klassga: T-, В va nol limfotsitlar va bular o'z navbatida 3 ta hujayra asosidagi sistemasiga bo linadi. Bunday bo linishlar hujavralarnine kelib chiqishi. funksional farqlari va retseptor apparatlari asosida qilingan.
T-limfotsitlar sistemasi timus va limfoid a'zoarni timusga aloqador zonasidan iborat bo lib, ko'payotgan va shakllanayotgan T-limfotsitlar tutadi. Timus — bu sistemaning asosiy a’zosi hisoblanadi. Timusda o^zak hujayialaridan T-limfotsitlar shakillanadi. Timusda maxsus hujayralar (epitelial enaga, dendrit) va timus gormonlari ishtirokida bu limfotsitlar shakllanib. turli funksiyalar bajaruvchi T-limfotsitlar subpopulyatsiyasiga aylanadi.
Bularning ко pchiligi T-xelper nomini olishgan (ing.so'z to help— yordam berish). Bu limfotsitlar B- limfotsitlarni antitela sekret qiluvchi va T -effektor hujayralarning shakllanishiga yordam beradi. Ikkinchi guruh limfotsitlai T-supressoi deb nomlanadi (ing.so‘z to suppress-bosuvchi) immun javobni bosib turadi, ya ni immun javobni antigenga qarshi kuchi va muddatini boshqaradi. Uchinchi guruh limfotsitlariT-killer (ing.so'zto kill- oldirovchi) deb nomlangan. T-ef!>Horlar hisoblanadi. Bu limfotsitlar old faoliyatli (erta aniqlovchilar) hujayralar bo*!'b timusda shakllanib, timusni tashJau chiqadi va qon orqali organizmdagi iiamma limfoid a’zolardagi timus zonasiga boradi va antigen ta’sirida effektor hujayralarga aylanadi. T-limfotsitlar va ulami subpopulyasiyalari organizmda hujayra tipidagi immun javobni shakllantiradi. Timusni tashlab chiqqan T-limfotsitlar timusning doimo ta’sirida boiadi, chunki timusda ishlab chiqarilayotgan bir qator boshqaruvchi peptidlarga nisbatan bu limfotsitlarda retseptorlar mavjud.
B-limfotsitlar-markaziy a’zosi suyak ko‘migi (SK) hisoblanadi. SK da B-limfotsitlar shakllanadi va qon bilan organizmdagi hamma limfoid a’zolardagi B- zonasiga boradi va bu yerda antigen ta’sirida antitela sintez qiluvchi plazmatik hujayralarga aylanadi. B-limfotsitlar organizmda gumoral immun javobni shakllantiradi.
Nol” limfotsitlar - bunday nomlanishni T va В limfotsitlarga nisbatan


167








Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling