Dermotonekrotik sinarna. Quyon terisi orasiga ingichka ignali tuberkulin shpritsi bilan 0,2 ml bulonli tekshirilayotgan kultura yuboriladi.
3 sutkadan so‘ng kultura yuborilgan yerda - terida nekroz hosil bolsa, u holda namuna musbat hisoblanadi.
Keratokonyunktival sinama. Bakteriyaning bir kecha-kunduzli, agarli kulturasini diametri 5 ml boklgan standart qovuzloq bilan dengiz cho‘chqachasi ko‘zining pastki qismiga yuboriladi. 2-4 kundan so‘ng ko‘zning shilliq qavatlari qizaradi, muguz parda xiralashadi, yiring paydo bo‘lib, yara hosil bo‘lishi mumkin (Sheren sinamasi), ya’ni keratokonyunktivit namoyon bo‘ladi.
Bakteriyalarning invazivlik xususiyatini ta’minlaydigan fermentlarni aniqlash.
Gialuronidaza gialuron kislotani gidroliz qiladi, natijadagialuron kislota sirka kislotasi bilan birgalikda mutsin hosil qila olmaydi. Bu fermentni aniqlash uchun, tarkibida gialuron kislotasi bo‘lgan substratli probirkaga bir sutkali bakteriya kulturasi yoki bulonli kulturaning filtrati tomiziladi va 15 daqiqa davomida 37°C da termostatga
109
qo‘yiladi. So'ngra ustiga 2-3 tomchi kuchli sirka kislotasi tomiziladi. Gialuronidaza bor probirkada ivish hosil bo'lmaydi.
Plazmakoagulazani aniqlash uchun tekshirilayotgan kulturani, quyonning (1:5 nisbatda suyultirigan) 0,4 ml steril sitrat plazmasiga ekiladi. 2-5 soatga 37°C da termostatga qo'yiladi. Agar ferment bo‘lsa, plazma iviydi va nazorat probirkada plazma suyuq holda saqlanadi.
Gemolizinni aniqlash maqsadida tekshirilayotgan kulturani Petri kosachasidagi qonli agarga ekiladi. Ular 37°C da termostatda bir sutka davomida saqlanadi. Agar natija musbat bo'Isa. u holda mikrob koloniyasi atrofida gemoliz zonalari hosil bo'ladi.
Letsitovitellazani aniqlash uchun tuxum sarig'ini tuzli agarga tekshirilayotgan kultura ekiladi va termostatda bir sutka davomida saqlanadi. Muhitda letsitovitellaza hosil qilgan bakteriyalar koloniyasi atrofida sadaf rangli halqa hosil bo'ladi (tekshirilayotgan bakteriya fermenti tovuq tuxumi sarig'idagi letsitinni parchalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |