Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Tasavvur qilaylikki, mahsulotni ishlab chiqarish uchun mehnat (L) va kapital (K) resursi sarflanadi. Mehnatning chekli mahsuloti MP


Download 0.61 Mb.
bet47/117
Sana23.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1795095
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I

5.Tasavvur qilaylikki, mahsulotni ishlab chiqarish uchun mehnat (L) va kapital (K) resursi sarflanadi. Mehnatning chekli mahsuloti MPL=2000; kapitalning chekli mahsuloti MPK=5000; mehnatning narxi PL=1000dollar; kapital narxi PK=20000 dollar; CHekli daromad MR=3000 dollarni tashkil etadi. Maksimal foyda olishi uchun firma resurslardan qanday foydalanishi kerak?
a) mehnat va kapitaldan bir xil hajmda ko’proq foydalanishi;
b) mehnat va kapitaldan bir xil hajmda kamroq foydalanishi;
v) mehnatdan ko’p, kapitaldan esa kamroq foydalanishi;
g) kapitaldan ko’p, mehnatdan esa kam foydalanishi;
d) to’g’ri javob yo’q.
6.Agar firma resurslar xarajatini 10 foizga oshirganda ishlab chiqarish hajmi 15 foizga ko’tariladigan bo’lsa, u holda:
a) manfiy masshtab samarasi yuzaga keladi;
b) musbat masshtab samarasi kuzatiladi;
v) omillarning kamayib borish qonuni amal qiladi;
g) egri LATC yuqoriga siljiydi;
d) to’g’ri javob yo’q.
7.Foiz stavkasi 8 dan 10 foizga ko’tarildi. Muddatsiz qimmatli qog’ozga ega bo’lgan shaxs har yili 100 dollar daromad ko’radi. Foiz stavkasining o’zgarishi natijasida:
a) kapital 40 dollarga qiymatini yo’qotadi;
b) kapital 50 dollarga qiymatini yo’qotadi;
v) kapital 250 dollarga qiymatini yo’qotadi;
g) kapitalning 250 dollarga qiymatining oshishi natijasida daromad ko’riladi;
d) to’g’ri javob yo’q.
8.Izokvanta nimani anglatadi?
a) yalpi egri ishlab chiqarish hajmini;
b) bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi omillar kolmbinatsiyasini;
v) berilgan resurslar hajmida turlicha ishlab chiqarish hajmlarini;
g) o’rtacha egri mahsulotni;
d) to’g’ri javob yo’q.
9.Izokvanta va izokosta chiziqlarida joylashgan har qanday nuqta nimani bildiradi?
a) ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini;
b) qiymat ko’rinishidagi mahsulot hajmini;
v) xarajatlar summasini;
g) resurslar hajmi kombinatsiyasini;
d) to’g’ri javob yo’q.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling