Mikroiqtisodiyot” fanidan tayyorlangan glossariy almashtirish samarasi


Download 43.42 Kb.
bet1/10
Sana21.01.2023
Hajmi43.42 Kb.
#1106845
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
09. глоссарий


MIKROIQTISODIYOT” FANIDAN TAYYORLANGAN
GLOSSARIY


Almashtirish samarasi – ish haqini ortishi natijasida bo’sh vaqtning qisqarishi.
Alternativ harajatlar (opportunity cost) – tanlashda voz kechilgan eng yaxshi alternativ variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Alternativ qiymatni foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror ne’mat qiymatini voz kechilgan boshqa bir nechta ne’mat qiymati bilan ifodalanishi.
Amortizasiya (depreciation) – bosqichma-bosqich asosiy kapital qiymatining ma’lum bir qismini ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o’tkazish yo’li bilan uni qoplash.
Asimmetrik axborotbu shunday holatki, bunda bozorda bo’ladigan savdo-sotiqda bozor qatnashchilaridan bir qismi kerakli, muhim axborotga ega qolgan qism ega emas.
Autsion – tovarni oldi-sotdisini tashkil qilish usullaridan biri bo’lib unda transaksiya harajatlari real vaqt rejimida o’tadi.
Bertran muvozanati (Bertrand equilibrium) – bozor duopolik bo’lganda firmalar tovar narxini tushirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali bir biri bilan raqobatlashadi. Tovar narxi chekli harajatga teng bo’lganda muvozanat holat barqarorlashadi.
Befarqlik chizig’i (indifference curve) – shaxs uchun bir xil naf beradigan bo’sh vaqt, ish vaqti va ish haqi (daromad) kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq (bu yerda bo’sh vaqt va ish vaqti 0 dan 24 soatgacha qiymat qabul qiladi va har bir ish vaqti ma’lum daromadni, ish haqini ifodalaydi).
Bozor muvozanati – bozorda taklif miqdorini talab miqdoriga teng bo’lgan hol; taklif chizig’i bilan talab chizig’i kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi.
Byudjet – iste’molchining ma’lum vaqt oralig’ida oladigan barcha daromadlari yig’indisi.
Byudjet chegarasi (budget constraint) – «umumiy vaqt - daromad» koordinatalariga ega bo’lgan to’g’ri chiziq bo’lib, uning yotiqlik burchagi ish haqini ifodalaydi. (daromad 0 bo’lganda vaqt 24 soatga teng, ya’ni (24,0).

Download 43.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling