Differensial renta – boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo’lgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta.
Yopiq auktsion bunda tovra uchun autsion qatnashchilari bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda stavkalarini qo’yadi va tovar kim ko’p stavka qo’ygan bo’lsa shunga beriladi.
Er narxi – cheklanmagan vaqt davomida yerdan olingan barcha daromadlar yig’indisining keltirilgan (boshlang’ich yilga) qiymati.
Ijara haqi (to’lovi) – yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer egasiga to’lanadigan pul miqdori.
Izokvanta – bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi omillar sarflari kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
Izokosta – yig’indisi bir xil yalpi harajatga teng bo’lgan resurslar sarflari kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq.
Iqtisodiy ne’mat – ehtiyojni qondirish vositasi.
Iqtisodiy renta – resursni sotilishi mumkin bo’lgan narx bilan muvozanat narx ayirmasiga teng. Noyob, cheklangan resur va ishchining yuqori malakasi uchun to’lanadigan qo’shimcha to’lov.
Iqtisodiy resurslar– ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab chiqarish omillari.
Iqtisodiy o’sish - ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish.
Investision loyihani oqlash muddati – joriy foydalar yig’indisini investisiya qiymatiga teng bo’lishini ta’minlovchi minimal vaqt oralig’i.
Investitsiyalash – asosiy kapitalni to’ldirish va o’stirish uchun vapital qo’yish jarayoni.
Investitsiyani ichki oqlash normasi – investision loyiha samaradorligi ko’rsatkichi. Investisiyani (minus bilan olingan) qiymati bilan kelajakda olinadigan sof foydaning diskontirlangan qiymati yig’indisini nolga aylantiruvchi ichki qaytim normasi.
Inglizcha autsion – bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |