Mikroiqtisodiyot” fanidan tayyorlangan glossariy almashtirish samarasi


Download 43.42 Kb.
bet7/10
Sana21.01.2023
Hajmi43.42 Kb.
#1106845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
09. глоссарий

Nokooperativ o’yin – bu o’yinda qatnashchilar mustaqil ravishda qaror qabul qiladi (Iqtisodiyotda misol sifatida oligopolik bozorda harakat qiluvchi firmalar o’rtasidagi «narxlar jangini» keltirish mumkin).
Nol so’m yutuqqa ega bo’lgan o’yin (zero sum game) – o’yinda bir kishining yutug’i boshqa o’yinchilarning yutqazgan summalari yig’indisiga teng.
Nolga teng bo’lmagan so’mga ega bo’lgan o’yin (non zero sum game) – bu o’yinda bir guruh o’yinchilari yo yutadi yoki boy beradi.
Nominal ish haqi – yollanma ishchi tomonidan olinganpul miqdori.
Normal tovarlar – daromad oshganda talab oshadigan tovarlar.
Ob’ektiv (matematik) ehtimol – voqea va hodisalar jarayonida takrorlanishlarni hisob-kitob qilishga asoslangan ehtimol.
Oliy kategoriyali tovar – daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar.
Pareto optimum (Pareto samaradorlik) – ne’matlarni shunday taqsimlanishiki, bunda biror kishining turmush farovonligini pasaytirmasdan boshqa kishining turmush farovonligini oshirib bo’lmaydi.
Past kategoriyali tovarlar – daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar.
Real ish haqi (real wage rate) – olingan pul mablag’i hisobidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdorini ifodalovchi ish haqining sotib olish imkoniyati.
Real foiz stavkasi – inflyatsiyadan tozalangan foiz stavkasi. Nominal, real foiz stavkalari va narx o’sishi (inflyatsiya) o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlik
Renta – taklifi qat’iy cheklangan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
Resurslarga chekli harajat - qo’shimchabir birlik resurs sotib olish uchun sarflangan qvo’shimcha harajat.
Resursning chekli daromadliligi yoki resursning pulda ifodalangan chekli mahsuloti – resursdan qo’shimcha bir birlik foydalanish natijasida olingan qo’shimcha mahsulotni sotishdan tushgan qo’shimcha daromad.
Sof diskontirlangan (keltirilgan) qiymat (NPV) - bu kelajakda olinadigan sof daromadning diskontirlangan qiymatidan diskontirlangan investisiya ayirmasi:

Download 43.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling