Mikroiqtisodiyot mоnоpоliyaga nima?


Befarqlik egri chizig`i va ne′matlarni bir-birini o`rnini bosishi zonasi nimani ifodalaydi?


Download 89.33 Kb.
bet16/33
Sana17.06.2023
Hajmi89.33 Kb.
#1551340
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT (javoblari)

140. Befarqlik egri chizig`i va ne′matlarni bir-birini o`rnini bosishi zonasi nimani ifodalaydi?
Befarqlik egri chizig`i – bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi.
Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosish zonasi – bir ne′matni ikkinchi ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi.
141.Byudjet chizig`i va byudjet tenglamasi nimani ifodalaydi?
Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi.
Iste′molning optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig`i byudjet chizig`iga urinib o`tadi.
142. Iste′molchining muvozanatlik shartini izohlab bering.
Iste′molning optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig`i byudjet chizig`iga urinib o`tadi. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi.
143. “Daromad-iste′mol” chizig`i nimani ifodalaydi?
Daromadlarning o`zgarishiga mos ravishda iste′molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o`rnatiladi: Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj. Xiks “daromad-iste′mol” chizig`i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda “turmush darajasi chizig`i” deb ham ataladi.
Agar “daromad-iste′mol” chizig`i koordinata boshidan 45° burchak ostidagi to`g`ri chiziqdan iborat bo`lsa, daromadning o`sishi, iste′molchining iste′mol qiladigan ne′matlari bir xil nisbatda o`sadi. Agar iste′molchi ne′matlarni har xil nisbatda xarid qilsa, W chizig`ining yotiqligi o`zgaradi.
144. “Engel egri chiziqlari” deb nimaga aytiladi?
XIX asrdayoq real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne′matlariga talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne′matlariga talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo`lib daromad o`zgarishining iste′mol tarkibiga ta′sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o`zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi. Ayrim Iqtisodiy adabiyotlarda Ernest Engel chiziqlari deb ham yuritiladi.

Download 89.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling