Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida


Kassa xonalari qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i bilan jihozlanishi shart


Download 20.52 Kb.
bet5/7
Sana18.10.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1708403
1   2   3   4   5   6   7

6. Kassa xonalari qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i bilan jihozlanishi shart:

a) birinchi himoya to‘sig‘i — xonaning perimetrini himoya qiladi. Kassa xonalarida derazalar mavjud bo‘lganda, ular deraza ochilishi va oyna sinishini qayd etish qurilmalari bilan jihozlanadi;

b) ikkinchi himoya to‘sig‘i — xonaning hajmini himoya qiladi. Buning uchun hajmni qo‘riqlash (ultratovush, infraqizil, optik-elektron, radioto‘lqin rusumli) qurilmalari qo‘llaniladi.

7. Kassa xonalarida kassirlarning ish joylari tashvish tugmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

8. Kassa xonalaridagi qo‘riqlash signalizatsiyasiining ikkita himoya to‘sig‘i ishdan tashqari vaqtda qabul-nazorat uskunasi orqali texnik qo‘riqlash punktiga qo‘riqlashga topshiriladi. Kassa xonalaridagi tashvish tugmalari ish vaqti davomida texnik qo‘riqlash punktiga ulanadi.

9. Kassa xonalaridagi qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i alohida shleyflar bilan qabul-nazorat uskunalariga ulanib, uning chiqishi bitta shleyf orqali texnik qo‘riqlash punktiga va kassaning navbatchilik xonasidagi xabar berish uskunasiga ulanadi, shuningdek elektr energiyasi bo‘lmagan taqdirda qo‘riqlash signalizatsiyasining o‘n ikki soat ishlab turishini ta’minlovchi zaxira elektr manbai bilan ta’minlanishi lozim.

10. Kassa xonalari normativ hujjatlarda belgilangan tartibda yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar (tutunli, issiqli va h. k.) bilan jihozlanadi va ular texnik qo‘riqlash punktiga yoki navbatchi xodimlar postidagi yong‘indan xabar beruvchi nazorat qilish uskunasiga ulanadi.

10. Kassa xonalari normativ hujjatlarda belgilangan tartibda yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar (tutunli, issiqli va h. k.) bilan jihozlanadi va ular texnik qo‘riqlash punktiga yoki navbatchi xodimlar postidagi yong‘indan xabar beruvchi nazorat qilish uskunasiga ulanadi.

11. Qo‘riqlash signalizatsiyasi va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar tizimi va kassani yoritish tizimi alohida-alohida montaj qilinadi hamda ularning uzluksiz ishlashi ta’minlanishi lozim. Simlarning barcha turlari plastmassa quvurlarda yashirilgan holda o‘tkaziladi.


Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling