Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida


Naqd pullarni qabul qilish vaqtida nobank kredit tashkilotlarining kassiri so‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlashda quyidagi Qoidalarga amal qilishi shart


Download 20.52 Kb.
bet3/7
Sana18.10.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1708403
1   2   3   4   5   6   7

Naqd pullarni qabul qilish vaqtida nobank kredit tashkilotlarining kassiri so‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlashda quyidagi Qoidalarga amal qilishi shart.

  • Naqd pullarni qabul qilish vaqtida nobank kredit tashkilotlarining kassiri so‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlashda quyidagi Qoidalarga amal qilishi shart.
  • Nobank kredit tashkilotlari tomonidan haqiqiyligi shubhalantirmaydigan hamda ular qiymatini belgilaydigan so‘zlar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, seriyasi va raqamlari to‘liq saqlangan banknotlar, ular umumiy o‘lchamining 55 foizi mavjud bo‘lsa hamda shikastlanish darajasidan qat’iy nazar, to‘liq hajmini va yuz tomonida qiymat tasvirini saqlagan metall tangalar to‘lovga qabul qilinadi.

Nobank kredit tashkilotlari tomonidan :

  • Nobank kredit tashkilotlari tomonidan :
  • istalgan qismi, jumladan to‘lovlilik alomatlari belgilanishiga ta’sir etadigan darajada teshilgan, yirtilgan siyqalangan joylari, dog‘lari bo‘lgan, siyohda yozilgan;

    ayrim qismlari shak-shubhasiz bitta biletga tegishli bo‘lgan yirtilgan va yelimlangan;

    qiymatini ko‘rsatadigan raqamlar, yozuvlar bo‘lgan qismlardan tashqari, o‘z rangini o‘zgartirgan, kuygan (ko‘proq kuygan);

    to‘liq hajmini saqlamagan banknotlarni to‘lovga qabul qilishi va pul tushumi tarkibida banklarga topshirishi lozim.

    Ushbu talablarga muvofiq kelmaydigan banknotlar va tangalar to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi va banklar tomonidan ekspertizaga qabul qilinadi.

Nobank kredit tashkilotlarining barcha tushumlari va naqd pullar berilishi kassa daftarida hisobga olinadi.

  • Nobank kredit tashkilotlarining barcha tushumlari va naqd pullar berilishi kassa daftarida hisobga olinadi.
  • Kassa daftarining varaqlari raqamlangan, tikilgan bo‘lishi lozim. Kassa daftaridagi varaqlar soni nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalterning (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) imzolari bilan tasdiqlanadi.
  • Kassa daftarida o‘chirib-yozish va izohsiz tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar kassir, shuningdek nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) imzolari bilan tasdiqlanadi.
  • Har bir order yoki uning o‘rniga o‘tadigan boshqa hujjat bo‘yicha pul berilganidan yoki pul olingandan keyin kassir tomonidan darhol kassa daftariga yozib qo‘yiladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun davomidagi operatsiyalar yakunini hisoblaydi, keyingi kunga kassadagi pullar qoldig‘ini hisoblab chiqaradi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida yirtib olingan ikkinchi varaqni (kassa daftaridagi bir kunlik yozuvlar nusxasini) kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birgalikda kassa daftariga imzo chektirib topshiradi.
  • Kassa daftari to‘g‘ri yuritilishini nazorat etish nobank kredit tashkiloti rahbari, bosh buxgalter (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) zimmasiga yuklanadi.
  • To‘lov qaydnomasida yoki chiqim kassa orderida oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan holda kassadan berilgan pul kassada naqd pullar qoldig‘ini hisoblashda e’tiborga olinmaydi. Ushbu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi. Kassadagi kirim kassa ordyerlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va nobank kredit tashkilotlarining daromadiga kiritiladi.

Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling