Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida


Kassa xonalarining yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalari tizimi ShNQ 2.04.09-2007 “Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi” talablariga muvofiq kelishi va doimo ishchi holatda bo‘lis


Download 20.52 Kb.
bet6/7
Sana18.10.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1708403
1   2   3   4   5   6   7

12. Kassa xonalarining yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalari tizimi ShNQ 2.04.09-2007 “Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi” talablariga muvofiq kelishi va doimo ishchi holatda bo‘lishi lozim.

13. Kassa xonalarini qo‘riqlash signalizatsiya vositalari va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar bilan jihozlashga doir ishlar ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

14. Kassa xonalarida montaj qilingan qo‘riqlash va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalarni montaj tashkilotidan foydalanishga qabul qilish va dalolatnomani imzolash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmalari va nobank kredit tashkilotlarining vakillari bilan birgalikda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Montaj tashkiloti majburiy tartibda qo‘riqlash va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar montajining ijro chizmasi va montaj qilingan signalizatsiya apparatlarini ishlatish yo‘riqnomasini taqdim etadi.

Barcha naqd pullar nobank kredit tashkilotlarida yonmaydigan seyflarda saqlanadi, ular kassa ishi tugaganidan keyin kalit bilan qulflanadi va kassirning surg‘uchli muhri bilan muhrlanadi. Seyf kalitlari va muhrlar kassirlar (kassir)da saqlanadi va ularni shartlangan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Seyflar va metall javonlar turgan xonalarning eshigini ochiq qoldirish, shuningdek, ushbu seyflar va javonlar eshigida kalitlarni qoldirish qat’iyan man etiladi.

  • Barcha naqd pullar nobank kredit tashkilotlarida yonmaydigan seyflarda saqlanadi, ular kassa ishi tugaganidan keyin kalit bilan qulflanadi va kassirning surg‘uchli muhri bilan muhrlanadi. Seyf kalitlari va muhrlar kassirlar (kassir)da saqlanadi va ularni shartlangan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Seyflar va metall javonlar turgan xonalarning eshigini ochiq qoldirish, shuningdek, ushbu seyflar va javonlar eshigida kalitlarni qoldirish qat’iyan man etiladi.
  • Kalitlarning hisobga olingan dublikatlari kassirlar tomonidan surg‘uchlangan xaltalarda nobank kredit tashkilotlarning rahbarlarida saqlanadi. Kamida har chorakda bir marta ularning nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi. Kalit yo‘qolgani aniqlangan hollarda nobank kredit tashkiloti rahbari ichki ishlar organlariga bu haqda xabar beradi va zudlik bilan seyflarning qulfini almashtirish uchun choralar ko‘radi.
  • Mazkur nobank kredit tashkilotiga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa boyliklarni kassada saqlash taqiqlanadi.
  • Kassa xonasini va seyfni ochishdan oldin kassir qulflar, eshiklar, deraza panjaralari va muhrlar butligini ko‘zdan kechirishi, qo‘riqlash signalizatsiyasining soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch hosil qilishi shart.

Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling