Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

1-bob. Eneolit 
 
Tayanch so‘zlar: nom, en, xalkolit, metallurgiya, ilk sivilizatsiya, 
monoxrom, polixrom, sag‘ana, yorg‘uchoq, kelitosh, Geoksur. 
Eneolit davri umumiy tavsifi. Eneolit – (“eneus” – mis, “litos”– 
tosh) – mis-tosh davri mil. avv. VI ming yillik yillikning boshlari – III 
ming yillikning boshi bilan sanalanadi. Bu davrga nisbatan xalkolit 
(xalko – mis) atamasi ham qo‘llaniladi. 
Misning erish xususiyati tosh uchun mutlaqo mumkin bo‘lmagan 
murakkab shaklga kirish imkoniyatini yaratadi. Misni eritish va uni 
quyish usuli paydo bo‘lgandan so‘ng turli xil vazifani bajarishga 
mo‘ljallangan yangi qurollar turi ko‘payadi. Murakkab shaklga 
ega bo‘lgan tig‘i o‘tkir yangi ish qurollari mehnat unumdorligi, ish 
samaradorligi va sifatning o‘sishiga olib kelgan. Bu holat dehqonchilik, 
hunarmandchilik, me’morchilik va boshqa sohalarning taraqqiyotida 
tub burishlish davrini boshlab beradi. 
Xo‘jalikda o‘tkir tig‘li ish anjomlaridan foydalanish natijasida 
sug‘orma dehqonchilik rivojlanib, ishlab chiqarish samaradorligi bir 
necha barobar o‘sadi. Mazkur davr tarixi bo‘yicha tadqiqot ishlari 
olib borgan mutaxasislarning fikriga qaraganda misdan yasalgan 
qurollar tosh qurollarga nisbatan muhnat unumdorligini 8 baravvar 
oshirgan. Bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmining keskin o‘sishiga olib kelgan. Ortiqcha iste’mol 
mahsulotining to‘planib borishi aholi o‘rtasida mulkiy tengsizlik va 
ijtimoiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. 
Yer yuzining janubiy subtropik mintaqasining yog‘ingarchilik 
mig‘dori past bo‘lgan issiq iqlimli sharoiti agrar ishlab chiqarishining 
yangi shakli –sug‘orma dehqonchilikga o‘tishga sabab bo‘lgan. 
Sug‘orma dehqonchilik dastlab Mesopotamiyaning quruq iqlimli 
janubiy qismida mil. avv. VI ming yillikning ikkinchi yarmida vujudga 
kelgan. Yefrat daryosining quyi oqimi hududida joylashgan Chogi 
Mami manzilgohi yaqinida eng qadimgi ariqning o‘rni saqlanib 
qolgan. 


77 
Misdan yasalgan ish quroli yordamida ishlov berilgan yerning 
unumdorligi oshgan. Unumdor yerga ekilgan boshoqli don ekini 
suvga to‘yingach mutatsiyaga uchrab, ko‘p qatorli navi vujudga 
kelgan. Shuningdek, sun’iy sug‘orish tizimining joriy qilinishi yilga 
ikki marta hosil olish imkoniyatini yaratib, oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarish hajmining bir necha barobar ko‘payishiga olib 
kelgan. Ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasining ko‘payishi 
aholi turmush darajasining o‘sishini ta’minlaydi. 
Mil. avv. V ming yillikda Mesopotamiyada hunarmandchilik 
sohasida yangi yutuqlarga erishiladi. Kulolchilikda ikki yarusli 
xumdon (Yarimtepa II) paydo bo‘ladi. Mil. avv. IV ming yillikning 
birinchi yarmida sekin aylanadigan, ikkinchi yarmida esa tez 
aylanadigan charxdan foydalaniladi. Kulolchilik charxi paydo 
bo‘lgandan so‘ng hunarmandchilik sohasida ijobiy yutuqlarga 
erishiladi. Natijada ixtisoslashish jarayoni chuqurlashib, hunarmand 
kulollar shakllanadi. Ular asosiy e’tiborini mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi va sifatini oshirishga qaratadi. Kulolchilik buyumlarining 
sirtiga naqsh chizishga e’tibor pasayib ketadi. 
Toshlarga ishlov berish, binokorlik, to‘qimachilik, zargarlik va boshqa 
hunarmandchilik turlari rivojlanib, ixtisoslashish jarayoni chuqurlashib 
boradi. Bu o‘z navbatida birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti – dehqonchilik- 
dan hunarmandchilikning ajralish jarayonining boshlanishi edi. 
Jamiyat a’zolar o‘rtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish 
jarayoni chuqurlashib boradi. Bu davrda aholining kohin, hunarmand 
va dehqon qatlamlari shakllanadi. 
Iqtisodiy munosabatlarning chuqurlashib borishi natijasida 
qo‘shni hududlar bilan savdo aloqalari kuchaya boradi. Quruqlik va 
suv yo‘llari orqali savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi. 
Ayniqsa, tashqi savdo aloqaning rivojlanishi turli texnologik yangilik 
va kashfiyotlarning yoyilishiga xizmat qilgan. 
O‘troq dehqonchilik manzillarida ko‘p xonali uylarnining soni ko‘payib, 
ularning qurilish-me’morchilik tuzilmalari murakkablashib boradi. 
Metaldan yasalgan o‘tkir tig‘li asbob-uskunalar yordamida duradgorlik 
ishlarining bajarilishi, qurilish imoratlarining mahobatinining oshishiga 


78 
olib kelgan. Yirik va mahobatli imoratlar qurish bilan birgalikda, ularni 
bezashga ham alohida e’tibor qaratila boshlaydi. 
O‘troq dehqon jamoasini birlashtiradigan g‘oyaviy markaz – 
ibodatxonalar paydo bo‘ladi. Dastlabkiibodatxona Mesopotamiyaning 
Tell Abu Shaxrayn (Erudu) va Ubeyda kabi aholi manzillarida mil. 
avv. V ming yillikning o‘rtalarida qurilgan. Ibodatxonalar aholining 
toat-ibodat qiladigan joyi bo‘lib qolmasdan, ularni boshqarish va 
jamoatchilik ishlarini tashkil qilish markazi vazifasini ham bajargan. 
Mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida qadimgi o‘troq 
dehqonchilik qishloqlari har tomonlama rivojlanishi natijasida ularning 
o‘rnida ilk shahar markazi shakllanadi. Ilk shahar markazida aholining 
uy-joylari, ixtisoslashgan hunarmandchilik ishlab chiqarish inshootlari, 
ibodatxona va boshqa qurilish imoratlari joylashgan bo‘lib, uning 
atrofi mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Ilk shaharlar 
shakllanishining dastlaki bosqichida ibodatxona g‘oyaviy markaz, ya’ni 
mahalliy boshqaruv markaz vazifasini bajargan. Mil. avv. IV ming yillikning 
oxirga kelib ibodatxonalardan tashqari zikkuratlar barpo qilingan. 
Eneolit davrida g‘ildirakning ixtiro qilinishi insoniyatning texnika 
sohasida erishgan muhim yutug‘i edi. U jamiyat taraqqiyotini o‘ziga xos 
harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. G‘ildirakli arava odamlarning uzoq 
hududga qisqa muddatda yetib olishi, og‘ir yuklarni tashish imkoniyatini 
yaratib, savdo va madaniy aloqalarning kengayishini ta’minlaydi. 
Dastlabki arava paydo bo‘lgandan so‘ng ilk shahar markazlarining 
qiyofasi o‘zgaradi. Shahar ichkarisiga kiradigan keng darvoza qurilib, 
undan boshlangan ko‘cha atrofida qurilish imoratlar tartib bilan quriladi. 
Ilk shaharlar mil. avv. IV ming yillikda Mesopotamiyaning janubiy 
qismida Qadimgi Shumerda vujudga kelgan. Eng qadimgi shahar 
markazlaridan biri Uruk manzilgohi o‘rnida shakllangan. Eneolit 
davri ilk shaharlari davlatchilikning dastlabki shakli nom-davlat 
(shahar-davlat) bo‘lib, shumerlar tilida en, deb atalgan. 
Mil. avv. IV ming yillikning oxiri – III ming yillikning boshida 
dunyoviy hokimiyat shakllanib, shahar-davlatlar ichkarisida 
mahalliy hukmdorlarning saroyi qurilgan. Jamdat Nasr manzilgohida 
o‘rganilgan mahobatli imoratni tadqiqotchilar saroyning o‘rni bo‘lishi 


79 
mumkinligini taxmin qilgan. Saroy bevosita diniy hokimiyatning 
dunyoviy hokimiyat bilan almashganidan dalolat beradi. Qadimgi 
Misrda mil. avv. IV ming yillikning oxirida dunyoviy hokimiyatning 
mavqeyi kuchaya borib, dastlabki podsholiklar paydo bo‘lgan. 
Qadimgi Shumerda esa bu jarayon mil. avv. III ming yillikning 
boshlarida, ilk sulolalar davrida sodir bo‘lgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling