Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Xarappa madaniyatiQadimgi Hindiston hududida mil. avv. III 
ming yillikning ikkinchi yarmida mahalliy o‘troq dehqonchilik asosida 
Xarappa madaniyati (mil. avv. 2400–1750-yillar) shakllangan. Bu 
madaniyatga oid 1000 dan ortiq turli manzilgohlar aniqlangan. 
Ular shaharlar, katta va kichik dehqonchilik qishloqlaridan iborat. 
Moxenjadaro, Xarappa, Kalibangan va Kotji yodgorliklari ilk shahar 
manzilgohini tashkil etadi. 
Manzilgohlar orasida eng yirigi Moxenjodaro hisoblanadi. 
Umumiy maydoni 260 ga dan iborat paralellogramma shaklli ilk 
shahar ark va aholi yashaydigan qismlaridan tashkil topgan. Arki 
manzilgohning baland joyida joylashgan bo‘lib, atrofi muhofaza 
devori bilan o‘rab olgan. Xom g‘ishtdan ko‘tarilgan devorning sirti 
pishgan g‘isht bilan qoplangan. Arkda majlislar zali, bilim yurti, 
hammom va omborxona aniqlangan. Bu yerdan keyingi davrga oid 
ibodatxonaning o‘rni ham ochilgan. 
Ilk shaharning mahallalarini ko‘chalar o‘zaro ajratib turgan. 
Markaziy ko‘chaning kengligi 10 m, kichiklari 2,7–5,5 m, muyulishlar 
esa 1,2 m. Mahalliy hududning seryog‘in iqlimli sharoitidan kelib 
chiqib, sanitariya qoidalariga amal qilish maqsadida ko‘chalarning 
tagidan sopol quvurlar orqali kanalizatsiya o‘tkazilgan. Sopol 
quvurlarning tepa qismi pishgan g‘ishtlar bilan qoplangan. 
Tadqiqotchi olimlarning taxminiga qaraganda shaharda taxminan 
35–41 ming kishi yashagan. 
Xarappa manzilgohi Hind vodiysida hozirgi Panjob viloyati 
hududida Moxenjadarodan 650 km shimoli-sharqda joylashgan 
ikkinchi yirik ilk shahar markazi. Manzilgoh ikki qisman iborat bo‘lib, 
uning g‘arbida ark joylashgan. Arkning atrofi xom g‘ishdan qalinligi 


101 
12 mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Mudofaa devorining sirti 
pishgan g‘ishtlar bilan qoplangan. Umumiy maydoni 67 ga dan iborat 
ilk shaharning ichkarisida hunarmandlar mahallasi, shahar aholisini 
oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan ombor joylashgan. 
Xarappa madaniyati egalari daryo vohalarida yashab, sug‘orma 
dehqonchilik xo‘jaligi asosida hayot kechirganlar. Arpa, bug‘doy 
va sholi asosiy ekin hisoblangan. Texnik ekinlar, xususan, 
paxta ham ekilgan. Chorvachilik xo‘jaligining ikkinchi tarmog‘i 
bo‘lgan. Chorvachlikda asosan qoramol boqilgan. Ixtisoslashgan 
hunarmandchilik yuksak darajada rivojlangan. 
Qo‘shni hududlar bilan quruqlik va suv yo‘li orqali savdo aloqalari 
yo‘lga qo‘yilgan. Eron, O‘rta Osiyo hududi bilan quruqlik orqali Fors 
ko‘rfasi va Arab yarim oroli hududi bilan esa suv yo‘li orqali savdo 
aloqalari olib borilgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling