Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Kura-Araks madaniyati. (mil. avv. XXIX–XXIII ming yilliklar)
Janubiy va Markaziy Kavkaz, Dog‘iston, Chechniya, Ingushetiya, Shimoliy Osetiyaning bir qismi, Shimoliy Anatoliya, Shimoli-g‘arbiy Eron hududini egallagan madaniyat. Bu madaniyat pasttekistlikda, tog‘oldi hududlarida, hatto baland tog‘ tizmalarida ham tarqalgan. Uylari aylana shaklda, tomi konussimon shaklda yopilgan, ustidan shag‘al tosh to‘shalgan. Uylarning o‘rtasida aylana o‘choq joylashgan. Uylar juda tig‘is joylashgan. Yerevan yaqinidagi Shengavit manzilgohining atrofi toshdan qurilgan aylana devor va xandaq bilan muhofaza qilingan. Kura-Araks madaniyati sohiblari marhumlarni manzilgohlarning yaqinidagi qabr va qabr-qo‘rg‘onlarda dafn qilgan. Qabrlarning shakli turlicha (to‘rtburchak, g‘isht va tosh terilgan) bo‘lgan. Xo‘jalikning asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Dehqonchilikda bug‘doy, arpa, tariq yetishtirilgan. Texnik ekinlardan kanop ekilgan. Dengiz sathidan 2500 m baland bo‘lgan tog‘ hududida ham dehqonchilik qilingan. Tog‘larida sug‘orishning murakkab tizimi, terrasa usulidan foydalanilgan. Yerlar hayvonga tortilgan omoch yordamida shudgor qilingan. Hayvon shoxidan yasalgan omoch nusxalari topilgan. 103 Chorvachilik yarim ko‘chmanchi shaklida bo‘lib, asosan kichik tuyoqli hayvonlar boqilgan. Qisman ot boqilgan. Shimoliy Kavkazga xonaki ot shimolda yashaydigan dasht xalqlaridan kirib kelgan bo‘lsa kerak. Kura-Araks madaniyati egalari mishyakli bronzadan foydalangan. Metallar Kavkazning o‘zidan qazib olingan. Manzilgohlardan bolta, tesha, o‘roq, pichoq, nayzaning uchi, taqinchoq va boshqa buyumlar topilgan. Tuxumsimon shaklda yasalgan sopollarning sirti silliqlanib, ko‘kimtir, qora va qizil rangda angob surtilgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling