Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


So‘g‘dning bronza davri arxeologiyasi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

So‘g‘dning bronza davri arxeologiyasi. Bronza davrida So‘g‘d 
hududida turli madaniyatlar tarqalgan. Zarafshonning yuqori 
oqimida Sarazm madaniyati (Sarazm III–IV bosqichlari), To‘qayli, 
Sazog‘on II manzilgohlari, Zarcha Xalifa, Dashti Qozi, Mo‘minobod, 
Chakka qabrlari va Jukov diniy me’moriy majmualari mahalliy aholi 
madaniy an’anasi bilan birga shimoliy dasht hududlarda yashagan 
aholi madaniyatini aks ettirgan. Zarafshonning quyi oqimi hududida 
Zomonbobo madaniyati tarqalgan. 
Sarazm madaniyatining uchinchi (Sarazm III) bosqichida moddiy 
madaniyat va xo‘jalik sohasida yangi yutuqlarga erishilgan. Bu davrda 
manzilgohda aholi soni ko‘payib, yangi uy-joy imoratlari quriladi. Xom 
g‘ishtdan tomonlari 15x15 keladigan o‘n ikki xonali mahobatli qurilish 
majmuasi barpo qilinib, u ibodatxona vazifasini bajargan. 
Sopol buyumlari charxda yasalgan, sirtiga naqsh chizilgan. Ko‘kimtir 
sopollar o‘rnida yorqin tagli va qizil angob surtilgan idishlar soni ko‘payadi. 
Misdan yasalgan buyumlar turi va soni ko‘payadi. 
So‘nggi (Sarazm IV) bosqichida manzilgoh inqirozga uchrab, 
tashlandiq holga kelib qoladi. Bu davrga oid ayrim xonalarning 
yaqinida ikki tabaqali kulolchilik xumdoni qurilgan. Sopol buyumlar 
charxda yasalib, sirtiga yorqin-qizg‘ish rangli angob surtilgan. 
Naqshlarning sifati pasayib ketadi. 
Zarcha Xalifa. Sarazm yodgorligi yaqinida uncha katta bo‘lmagan 
Zarcha Xalifa qabri topib o‘rganilgan. Lahat usulida qazilgan qabrda 


120 
odam skleti bilan birgalikda har xil kuzatuv buyumlari ham mavjud. 
Kuzatuv buyumi sifatida sopol idishlar, bronza, oltin, tosh va 
suyakdan yasalgan turli xil anjomlar qo‘yilgan. Sopol idishlarining 
bo‘g‘zi tor, sharsimon shaklida yasalgan. Zarchayi Xalifa moddiy 
ashyolari yasalish usuliga ko‘ra sopolli madaniyatining Jarqo‘ton 
bosqichi buyumlariga juda o‘xshash. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling