Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Margush sivilizatsiya, degan fikrni ilgari suragan. Boshqa bir 
tadqiqotchi Sh.Shaydullaev bronza davrida BMAK hududida Xarali 
davlati faoliyat yuritganligini bildirgan. Yuksak darajada taraqqiy etgan 
mazkur jamiyat bronza davrining oxirida inqirozga uchraydi. 
Baqtriyaning bronza davri arxeologiyasi. Baqtriya hududda ilk 
o‘troq dehqonchilik madaniyati bronza davrida shakllangan. Ilk 
dehqonchilik madaniyatiga oid manzilgohlar Surxon vohasi va 
Shimoliy Afg‘oniston hududidan topib o‘rganilgan. Janubiy Tojikistonda 
ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati Dushanbe atrofi hududida bronza 
davrining so‘nggi bosqichida vujudga kelgan. Kofirnahr va Vaxsh 
vohasida so‘nggi bronza davrida chorvador qabilalar madaniyati faoliyat 
yuritadi. 


113 
Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari: 1-2. Ibodatxona, 3. 
Saroy-ibodatxona (Dashtli III), 4. Sopollitepa 
Baqtriyaning bronza davrida faoliyat yuritgan o‘troq 
dehqonchilik manzilgohlari dastlabki o‘rganilgan yodgorliklarga 
nisbatan janubda – Dashtli, shimolda esa – Sopolli madaniyati 
nomlari bilan yuritiladi
Janubiy Baqtriya. Janubiy Baqtriya hududining bronza davri 
arxeologiya yodgorliklari alohida dehqonchilik vohalarida joylash- 
gan. Bu yerda Davlatobod, Dashtli, Farukobod va Nichkin dehqonchilik 
vohalari ajralib turadi. Davlatobod mikrovohasida joylashgan Tikar 
I, II, III Tikar IV (Girdaytepa), Dashtli mikrovohasidagi Dashtli III, 
yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. 
Davlatabod mikrovohasidagi yodgorliklarning maydoni 0,4-1,0 
ga. ni tashkil etadi. Tikar IV yodgorligida (100x95 m) mudofaa devori 
va to‘rt burchagida burjlari mavjud. Mazkur hududdagi arxeologik 
yodgorliklarini o‘rgangan olim V.I.Sarianidi Afg‘onistonning bronza 
davrini Tikar va Girday bosqichlariga ajratgan. 


114 
Janubiy Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari orasida Dashtli 
vohasidagi Dashtli III manzilgohi muhim o’rin egallaydi. Dashtli III 
manzilgohi aylana shakldagi ibodatxona va kvadrat shakldagi saroy- 
ibodatxonadan iborat ikkita majmuani tashkil etadi. Ibodatxona majmuasi 
ikki qator mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Saroy-ibodatxonasi esa 
kvadrat shaklda barpo qilingan. Qadimgi Yevropa xalqlari afsonasida 
aylana shakli quyosh, kvadrat esa yer tomonlarini aks ettiradigan. 
Mudofaa devori tashqarisida ikki qator halqani tashkil etgan aholi uy-joy 
imoratlari qurilgan. 
Dashtli III majmuasi koinot tushunchasi bilan bevosita uzviy 
bog‘liq bo‘lib, aholini tartibga solib turuvchi ma’muriy-g‘oyaviy markaz 
vazifasini bajarib, o’zida aholining go’aviy-ma’muriy boshqaruv tizimi 
aks ettiadi va ilk davlatchilik shaklini namoyon qiladi. 
Janubiy Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari orasida dafn 
inshooti ham muhim o‘rin egallaydi. Dafn inshootlari lahat (katakomba) 
qabrlardan iborat. Marhumlar bilan birga turli xil buyumlar qo‘shib 
ko‘milgan. Ko‘pchilik qabrlardagi kuzatuv buyumlari bronza 
davridayoq tolon-taroj qilinib, hozirgi paytda saqlanib qolmagan. 
Shimoliy Baqtriyaning bronza davri arxeologiyasi dastlabki 
o‘rganilgan yodgorlik nomi bilan Sopolli madaniyati, deb yuritiladi. 
Bu madaniyat shartli ravishda sopolli, jarqo‘ton, ko‘zali, molali, 
bo‘ston kabi bosqichlarga ajratilgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling