Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Qayroqum madaniyati (mil. avv. II ming yillikning oxirgi 
choragi). Farg‘onaning janubi-g‘arbi, Tojikistonning shimoliy 


125 
yerlarida va Toshkent vohasining chekka janubi-sharqiy hududida 
tarqalgan madaniyat. Bu madaniyatga oid kichik manzilgohlarda 
cho‘ziq shaklli bir necha yarim yerto‘la uylar o‘rganilgan. 
Qayroqum madaniyati egalari chorvachilik va dehqonchilik bilan 
shug‘ullangan. Metall quyish ishlari ham qayroqumlik aholining 
hayotida muhim o‘rin tutgan. Bu madaniyatga oid manzilgohlarida 
metall eritish o‘choqlarining o‘rni saqlanib qolgan. Metallar 
Qoramozor tog‘idagi konlardan qazib olingan. Kulolchilik buyumlari 
yassi tagli, o‘yiq chiziqli naqsh bilan bezatilgan. 
Qayroqum madaniyatida Tozabog‘yob va Andronovo madani- 
yatlarining ta’siri ko‘rinadi. Shuningdek, Chust va janubdagi o‘troq 
dehqonchilik madaniyatlari bilan ham aloqada bo‘lgan. 
Janubiy Tojikistonning so‘nggi bronza davri madaniyatlari. 
Janubiy Tojikistonda hududida bronza davrida turli xil xo‘jalik shakli 
va moddiy madaniyatiga ega bo‘lgan mahalliy madaniyatlar faoliyat 
yuritgan. Ushbu hududning shimoliy qismida mil. avv. II ming yillikning 
oxirgi choragida o‘troq dehqonchilik madaniyati vujudga kelgan bo‘lsa, 
janubdagi Kofirnahar va Vaxsh vohalarida chorvador qabilalar yashagan. 
Bronza davrida mahalliy Hisor madaniyati oid aholi o‘troqlashib, 
xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tilgan. Shuningdek, 
bu davrda Sopolli madaniyatiga oid aholi yashaydigan hudud 
chegarasi Dushanbe hududi tomonga kengayib boradi. Sopolli 
madaniyati o‘troq dehqon jamoasiga tegishli moddiy ashyolar 
Kungirttut va Teguzak manzilgohlaridan topilgan. 
Janubiy Tojikistonning Kofirnahar va Vaxsh vohalarida so‘nggi 
bronza davrida chorvador qabilalar yashagan. Bu yerdagi chorvador- 
lar madaniyati shartli ravishda Bishkent va Vaxsh madaniyati nomi 
bilan yuritiladi. Kofirnahr daryosining quyi oqimida, tog‘li Bishkentda 
ilk Tulxar va Aruktov, Vaxsh vohasida Tigrovaya Balka, Oyko‘l, Jarko‘l, 
Makonimor, Qizilsuv va boshqa qabrlar ushbu madaniyatlarning 
muhim yodgorligidir. Ularning oddiy chuqur va lahat kabi turi ajralib 
turadi. Chuqur qabrning ayrimida marhumlar dafn qilingan bo‘lsa, 
boshqalarida krematsiya odati bo‘yicha mayitni kuydirib, uning kuli 
ko‘milgan. Krematsiya odati faqat Bishkent madaniyati uchun xos 


126 
bo‘lib, Vaxsh madaniyatida uchramaydi. Krematsiya Andronovo 
madaniyati uchun xos odat hisoblanadi Marhumlar bukchaygan 
holatda yotqizib ko‘milgan. Ikkita mayit birga ko‘milgan qabrlar ham 
mavjud. Ular erkak va ayol jinsiga mansub bo‘lgan. 
Bishkent va Vaxsh madaniyatlari xo‘jaligi asosan chorvachilik 
va qisman dehqonchilik bo‘lgan. Chorvachilikda kichik tuyoli mollar 
boqilgan. Dehqonchilik qo‘shimcha mashg‘ulot sanalgan. Metalga ishlov 
berish yaxshi rivojlangan. Sopollari qo‘lda yasalgan. Kulolchilik charxida 
yasalgan sopol buyumlar Sopolli madaniyatining Mulali bosqichiga oid. 
So‘nggi bronza davrida Janubiy Tojikiston hududida bir necha 
etnik guruhga oid madaniyatlar faoliyat yuritgan. Mahalliy Hisor 
madaniyatining o‘troqlashishi, g‘arbdan Sopolli madaniyatining 
aholisining Mulali bosqichida hududiy kengayishi va aloqalari hamda 
shimoldan Andronovo madaniyatiga oid aholining ko‘chib kelgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling