Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Tozabog‘yob madaniyati. (mil. avv. II ming yillikning ikkinchi
yarmi) Amudaryoning quyi oqimida yashagan ovchilik va baliqchilik xo‘jalik shakllarini yuritgan qabilalar o‘troqlashib, dehqonchilik va chorvachilik xo‘jalik shakliga o‘tadilar. Tozabog‘yob madaniyatiga oid yodgorliklar Amudaryoning quyi oqimi hududida tarqalgan. Dastlab Oqchadaryo o‘zani hududida joylashgan yodgorliklar o‘rganilgan. Tozabog‘yob madaniyatiga oid 50 dan ortiq yodgorlik o‘rganilgan. Ular Ko‘kcha, Qavat va Anka, Yonbosh guruhi va boshqa yodgorliklardan tashkil topib, Anka V, Qavat IV makonlar va Ko‘kcha III qabristoni yaxshi o‘rganilgan. Aholi uy-joylari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli yarim yerto‘ladan iborat. Uylarning atrofiga yog‘och ustun o‘rnatilib, tepasi yog‘och to‘sin bilan yopilgan. Kulbalarning o‘rtasida markaziy o‘choq joylashgan. 122 Zomonbobo madaniyatiga oid moddiy ashyolar 1-12. Tosh buyumlar 13-25. Sopol buyumlar Qavat III qabristonida erkaklar o‘ng, ayollar chap tomon bilan bukchaytirib, juft mayitlar esa yuzma-yuz yotqizilgan holatda qo‘yil- gan. Marhumlar bilan birgalikda ma’lum buyumlar ham qo‘shib 123 ko‘milgan. Moddiy topilmalar tosh qurollar, sopol buyumlar va bronzadan yasalgan buyumlar hamda hayvonlarning suyagidan iborat. Sopollar qo‘lda tagi tekis qilib yasalgan. Sopollarning sirtiga uyib geometrik shaklli naqshlar chizilgan. Tozabog‘yob madaniyati egalari yerto‘la uylarda istiqomat qilib, chorvachilik va dehqonchilik xo‘jaligini yuritgan. Bug‘doy, arpa, tariq va poliz ekinlari ekilgan. Bu madaniyat oid topilmalar Amudaryoning chap sohili hududigi O‘zboy o‘zani va Sariqamish ko‘li atrofida ham uchraydi. Tozabog‘yob madaniyati xo‘jaligi, moddiy madaniyati va diniy qarashlarida Ural bo‘yi hududida tarqalgan Srub va Sharqiy Sibirdagi Andronovo madaniyatlari bilan o‘xshashlik mavjud. Ushbu madaniyatlarga oid aholi Amudaryoning quyi oqimiga kelib joylashib, Kaltaminor madaniyati zaminida vujudga kelgan mahalliy Suvyorgan madaniyati aholisi bilan aralashishi natijasida vujudga kelgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling