Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Qadimgi Daxiston. Qadimgi Daxiston Turkmanistonning 
janubiy-g‘arbida, Kaspiy dengizining janubi-sharqiy qismini ishg‘ol 
qilgan Mashxad-Misrian va Chat tekisliklaridagi Gurgan, Sumbar, 


136 
Atrek va Benguvona kabi kichik daryo vohalarida joylashgan qadimgi 
tarixiy-madaniy viloyat. Antik davri yozma manbalarida keltirilgan 
Girkaniya hududini tashkil etadi. Bu yerlarni yerlarni o‘zlashtirish 
mil. avv. II ming yillikning oxirida boshlangan. Daxiston hududida ilk 
temir davriga oid 20 dan ortiq yodgorliklar aniqlangan. 
Qadimgi Daxiston yodgorliklari shakliga ko‘ra qo‘hna shaharlar, 
o‘troq dehqonchilik qishloqlaridan iborat. O‘lkada qal’asiga ega yirik 
manzilgoh yoki qadimgi shaharlar (Madov, Izzatquli) va maydoni 
katta qishloqlarning xarobasi o‘rganilgan. 
Aholi sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. 
Atrek daryosidan bosh olgan qadimgi anhorning 50–60 km masofada 
o‘rni saqlanib qolgan. Dehqonchilikda bug‘doy, arpa va boshqa 
dukkakli ekinlar ekilgan. Manzilgohlardan qo‘y, echki, cho‘chqa, ot, 
eshak kabi xonaki hayvonlarning suyagi topilgan. Qadimgi Daxiston 
aholisi kichik tuyoqli chorva mollarini Kapetdagning janubiy etagi va 
dehqonchilik vohalariga yaqin adirlarda boqishgan. 
Qadimgi Daxistonda hunarmandchilik ishlab chiqarishi 
iqtisodning yetakchi tarmog‘iga aylanib, ilk temir davrining ikkinchi 
bosqichida ixtisoslashish jarayoni chuqurlashadi. Madov, Izzatquli 
va Chigliktepa kabi manzilgohlarda kulolchilik ishlab chiqarishi izlari 
saqlanib qolgan. Sopol idishlar kulolchilik charxida yasalgan naqshli 
va naqshsiz turlarga bo‘linadi. Ularning sirtiga oqish, qizil, ko‘kish 
rangdagi angob surtilgan. 
Bu yerdagi yodgorliklardan temir bo‘laklari, temir qotishmasining 
chiqindisi, uch qirrali kamon o‘qi, toshdan yo‘nib ishlangan 
urchuqbosh va boshqa moddiy ashyolar topilgan. Moddiy ashyolar, 
xususan, sopollar Janubiy Turkmanistonnikidan keskin farq qilib
ular ko‘proq Eronning shimoliy-sharqiy hududlari topilmalari 
bilan o‘xshash. Qadimgi Daxistonning ilk temir davr madaniyati 
shakllanishida Eron hududining madaniy ta’siri ustun bo‘lgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling