Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Xorazm. Xorazm o‘lkasi to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar
Avesto va yunon mualliflari: Gekatey (mil. avv. VI asrning oxirlari) va Geradot (mil. avv. VI asr) yozib qoldirgan manbalarda uchraydi. Milletlik Gekateyning xorasmiylar, Xorasmiya shahri va Gerodotning Ak (Akes) daryo vohasida yashagan xorazmliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘lkaning qadimgi tarixiga oid muhim manbadir. O‘lkada arxaik davrga oid Ko‘zaliqir, Qal’aliqir, Ko‘hna Xazorasp, Ko‘hna Xiva, Xumbuztepa, Dingilja, Katta Oybuyriqal’a yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Ko‘zaliqir yodgorligi Xorazm vohasining eng yirik shahar manzilgohi hisoblanadi. Tabiiy tepalikda 40 ga maydonni egallagan manzilgoh ikki qismdan iborat. Yuqori qal’a alohida mudofaa devoriga bilan o‘rab olingan. Ko‘zaliqir manzilgohining quyi qal’a qismi ham mudofaa devoriga ega bo‘lib, uning yaqinida o‘y-joy va xo‘jalik imoratlari qurilgan. Qal’aning markazida qurilish imoratlari uchramaydi, ochiq qoldirilgan. Quyi qal’a ichkarisida ochiq maydon boshqa shaharlardagi kabi harbiy xavf paytda chorva mollarini himoya qilish vazifasini bajargan bo‘lishi mumkin. S.P.Tolstov shaharni mil. avv. VII asrda, boshqa tadqiqotchilar esa mil. avv. VI asrda shakllangan, deb hisoblaydilar. 152 Daudon sug‘orish tizimi hududida joylashgan Qalaliqir manzilgohi Janubiy Xorazmning ikkinchi yirik shahar markazidir. Umumiy maydoni 70 ga ni tashkil etgan, tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak manzilgoh ikki qismdan iborat. Ko‘hna shahar mil. avv. V–IV asrlarda faoliyat yuritgan. Ko‘rinishdan Qal’aliqir ahamoniy imperiyasi tarkibiga kirgan Xorazm satrapligining ma’muriy markazi bo‘lgan. Ko‘hna Xazorasp Xorazm vohasining qadimgi shahar markazlaridan biri. U vohaga kirishda Baqtriya va Marg‘iyona keladigan yo‘lning bo‘yida joylashgan. Ko‘hna shaharning qal’a qismi to‘g‘ri to‘rtburchak (280x294 m) shaklda hozirgi Devsolgan tepaligi o‘rnida shakllangan. Qal’a paxsadan barpo etilgan ikki qator mudofaa devorga bilan o‘rab olingan, ularning o‘rtasida yo‘lakcha joylashgan. Qadimgi qurilish imoratlari zamonaviy uy-joy imoratlarining tagida qolib ketganligi sababli yaxshi o‘rganilmagan. Qo‘hna Xiva mil. avv. V asrlarda shakllangan shahar. Ko‘hna shaharning maydoni 26 ga dan iborat bo‘lib, tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda (650x450 m). Shahar mudofaa devori bilan o‘rab olgan va yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan. Shaharning arki 2 ga dan ortiq maydonni egallagan bo‘lib, g‘arbiy tomondagi devor yaqinida joylashgan. Xorazm o‘lkasida shaharsozlik madaniyati mil. avv. VI asrning boshi vujudga kelgan. Vohada shaharsozlik taraqqiyotining keyingi bosqichi o‘lkaning ahamoniylar tarkibi kirishi bilan bog‘liq. Qadimgi Xorazmda ishlab chiqarishga asoslangan Xazorasp shahridan 17 km sharqda Amudaryoning chap sohili Xumbuztepa manzilgohi va daryoning o‘ng sohilidagi Dingilja uy-qo‘rg‘oni ham o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm xo‘jaligining asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonchilikda bug‘doy, arpa, tariq ekilgan. Polizchilik, bog‘dorchilik, xususan, uzumchilik yaxshi rivojlangan. Tabiiy minerallarga boy Amudaryo suvi vohada dehqonchilik taraqqiyotining muhim omillaridan biri edi. Xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘i chorvachilik hisoblangan. Sug‘orma dehqonchilik vohalarida yashaydigan aholi qoramol boqqan. Sariqamish atrofidagi hududlarda yashovchi aholi xo‘jaligida qoramol va yilqichilik ustunlik qilgan. 153 Temir, bronza, tosh va suyakka ishlov berish hunarmandchiligi yaxshi rivojlangan. Ko‘zaliqir yodgorligidan mil. avv. VI–V asrlarga oid temirdan yasalgan o‘roq topilgan. Bronzadan qurol-yarog‘lar yasalgan. Geradot keltirgan ma’lumotlarga qaraganda xorazmliklar kalta qilich – akinak va kamon bilan qurollangan. Ko‘zaliqir manzilgohidan uch qirrali tiqinga ega kamon paykoni topilgan. Xumbuztepa manzilgohidan ikki qavatli xumdonlar o‘rganilgan. Xorazm sopol buyumlarining eng qadimgisi arxaik davrga oid bo‘lib, O‘rta Osiyoning janubiy hududida tarqalgan Yoz II sopollari bilan o‘xshash. Xorazm davlati to‘g‘risida yunon mualliflari Gekatey va Geradot asarlarida qisqa va noaniq ma’lumotlar saqlangan. Gekatey “parfiyaliklardan sharqda joylashgan tekisliklar va tog‘larni ishg‘ol etgan hududda xorasmiylar yashashi va Xorasmiya shahri” to‘g‘risidagi ma’lumotni yozib qoldirgan. Gerodotning “Tarix” asarida esa, “Osiyoda har tarafidan tog‘ bilan o‘ralgan vodiy bor... Ana shu vodiy atrofidagi tog‘dan Ak (Akes), deb ataluvchi katta daryo oqib tushadi. Forslar hukronligiga qadar bu yerlar xorasmiylarga tegishli bo‘lgan, degan ma’lumotlari keltirilgan. Tadqiqotchilar xorasmiylar dastlab janubda Tajang va Murg‘ob vohalarida yashab, davlat tashkilotiga ega bo‘lganlar. Ular ahamoniylar bosqinidan ilgari quyi Amudaryo hududiga ko‘chib o‘tgan, degan fikrni bildiradilar. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling