Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Muvzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Muvzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. Ilk temir (Yoz I) davri etno-madaniy jarayonlari nimalardan iborat? 
2. Ilk temir (Yoz II) davrida qanday yutuqlarga erishilgan? 
3. O‘rta Osiyoning shimolida ilk temir davri qanday jarayon kechgan? 
4. Janubiy Turkmanistonning madaniy taraqqiyotini tavsiflang. 
5. Marg‘iyona ilk temir davrida qanday jarayonlar sodir bo‘lgan? 
6. Qadimgi Baqtriya jamiyati taraqqiyotining omillari nimada? 
7. Qadimgi So‘g‘d jamiyatining o‘ziga xos xususiyatini izohlang. 
8. Qadimgi chorvadorlar qanday ijtimoiy munosabatga ega bo‘lgan? 
9. Ustrushonals arxaik davrida qanday jarayonlar sodir bo‘lgan? 
10. Xorazm madaniy taraqqiyotining omillari nimada? 
11. Qadimgi Choch jamiyatining o‘ziga xos xususiyatini izohlang. 
12. Qadimgi Fargo’naning madaniy taraqqiyotini tavsiflang.? 


158 
2-bob. 
O‘rta Osiyoning antik davri arxeologiyasi 
 
Kalit so‘zlar: Antik davri, Baqtriya, Shimoliy Parfiya, So‘g‘d, 
Marg‘iyona, ellin madaniyati, Davan, Qovunchi madaniyati, Xorazm. 
Antik davri xususiyatlari. O‘rta Osiyo mil. avv. IV asrning 
boshigacha ahamoniylar tarkibiga kirgan bir necha satraplikdan 
iborat bo‘lgan. Mil. avv. 327-yili Sirdaryoning o‘rta oqimigacha 
cho‘zlgan yerlar yunonlar tomonidan bosib olingan. Aleksandr 
Makedonskiy vafotidan so‘ng bu yerlar (mil. avv. IV asrlar oxirida) 
selevkiylar davlati tarkibiga kiradi. Mil. avv. III asrning boshida 
Yaksart (Sirdaryo) orti hududi, ya’ni Toshkent vohasi ham selevkiylar 
davlati tasarrufiga o‘tadi. 
Mil. avv. III asrning o‘rtalarida (mil. avv. 250-yil) Janubiy 
Turkmanistonda Yunon-Parfiya (arshakiylar), O‘zbekiston janubida 
Yunon-Baqtriya davlatlari qaror topadi. Yunon-Baqtriyaning chegarasi 
siyosiy vaziyat ko‘ra o‘zgarib borgan. O‘zaro urushlar tufayli siyosiy 
tanazzulga uchrayotgan Yunon-Baqtriya yerlari mil. avv. II asr ikkinchi 
yarmida (mil. avv. 140/130 yillar) shimoli-sharqdan kelgan yuechjilar 
tomonidan bosib olgan, keyinchalik Kushon podsholigi va imperiyalari 
(I–III asrlar) tarkibida bo‘lgan. Mil. avv. III asrda kushonlar davlati 
boshqaruvi sosoniy hukmdorlari qo‘liga o‘tadi. Mil. avv. IV asrda 
ko‘chmanchi toxarlar kushonlar davlatiga barham beradi. 
Shimoliy o‘lkalari, xususan Xorazm, Farg‘ona vodiysi va 
ko‘chmanchi sak-massaget qabilalari yunonlar ta’siridan chetda 
qolib, ularning tarixi o‘zgacha siyosiy jarayonlar bilan belgilanadi. 
Toshkent vohasi hamda Sirdaryoning quyi oqimigacha bo‘lgan yerlar 
mil. avv. III asrda tashkil topgan Kanguy davlati tarkibiga kirgan 
bo‘lsa, Farg‘ona vodiysi yerlarida xitoy manbalarida keltirilgan 
Davan (Dayuan) davlati faoliyat yuritgan. 
O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan mazkur siyosiy jarayonlar mahalliy 
xalqlarning madaniy hayotida o‘z aksini topib, u yoki bu xalqlar 
madaniyatining ta’siri ko‘rinadi. Ellin madaniyati O‘rta Osiyoning 
janubiy o‘lkalarida chuqur singan bo‘lsa, shimoliy xalqlar 
madaniyatida qisman namoyon bo‘ladi. 


159 
Ellin shaharsozligi uchun kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak 
shaklidagi ilgaridan loyihalashtirilgan, aniq reja asosida qurilgan 
shaharlar xos. Shaharlar kvadrat xom g‘ishtdan barpo etilgan ikki 
qator mudofaa devori bilan o‘rab olinib, ular to‘g‘ri to‘rtburchak 
burjlar bilan kuchaytirilgan. Devorlar oralig‘ida soqchilar uchun 
mo‘ljallangan karidor mavjud bo‘lgan. Mudofaa devori va burjlarda 
shaxmat kataklari shaklida joylashgan shinak bilan kuchaytirilgan. 
Mudofaa devori xandaq bilan ixotalangan. 
O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalarining vujudga kelgan ko‘pgina 
shaharlar ellin qurilish usulida barpo etilgan. Ellin qurilish usuli 
ko‘proq Shimoliy Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va qisman So‘g‘d 
shaharlarida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik bu an’ana So‘g‘d orqali 
O‘rta Osiyoning sharqiy o‘lkalariga tarqaladi. 
O‘rta Osiyoning o‘troq deqonchilik vohalariga chorvador 
qabilalarning ommaviy kirib kelishi natijasida mahalliy aholi 
madaniyatda ko‘chmanchilar madaniyatining ta’siri kuchaygan. 
Kushon podsholigi davrida gandxar (hind) madaniyatining tarqalish 
jarayoni kuzatiladi. Natijada mahalliy madaniyat zaminida ellin, hind, 
ko‘chmanchilar an’analari sintezi natijasida o‘ziga xos madaniyat 
shakllangan. Bu holat Baqtriya hududida kuchliroq seziladi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling