Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Burgulik madaniyati. Toshkent vohasi hududida ilk temir davrida
Burgulik madaniyati faoliyat yuritadi. Burgulik madaniyatga oid 20 dan ortiq manzilgohlar aniqlanib, ulardan o‘rin olgan 50 ga yaqin uy-joylar o‘rganilgan. Y.F.Buryakov Burgulik madaniyatini ikki bosqichga ajratgan: Burgulik (I mil. avv. IX–VII asrlar) Buruglik II (mil. avv. VI–IV asrlar). Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududida, Ohangaron daryosining ikkala sohilidagi qadimgi qishloqlarda Burgulik madaniyatiga oid yerto‘la uy- joylarning o‘rni saqlanib qolgan. Uy-joylarning yirik, o‘rtacha va kichik o‘lchamli turlari ajralib turadi. Uylar aylana yoki cho‘ziq shaklida bo‘lib, eshigi daryo tomon qaratib qurilgan. Burgulik madaniyati aholisi liman usulli sug‘orish uchun qulay bo‘lgan soylarning etagida dehqonchilik qilgan. Dehqonchilikda bug‘doy va arpa ekilgan. Vohaning tog‘ va tog‘oldi dashtlarida chorvachilik rivojlangan. Chorvachilikda qo‘y, echki, qora mol va yilqi boqilgan. Metallarga ishlov berish yaxshi rivojlangan. Mis Chotqol-Qurama konlaridan qazib olingan. Bronzadan yasalgan mehnat qurollari va qurol- yarog‘lar, xususan, ikki quloqli bolta, o‘rog‘, pichoq, igna, bigiz, qoshiq, sovut, kamon paykoni topilgan. Ular O‘rta Osiyoning shimoliy hududi moddiy topilmalar bilan o‘xshash. Sopol buyumlari mato qolipda va tasmasimon usulda yasalgan. Sopollarning tagi dumaloq, qisman jigar rangli naqshlar bilan bezatilgan. Keyingi bosqichida yassi tagli sopollar paydo bo‘ladi. Naqshli sopollar soni kamayadi. Toshkent vohasi qadimdan O‘rta Osiyoning janubiy o‘troq dehqonchilik o‘lkalari bilan shimoliy chorvador qabilalari o‘rtasidagi 151 o‘ziga xos aloqa hududini tashkil etgan. Tadqiqotchilar qadimgi fors yozma manbalarida keltirilgan “tigraxauda saklari”ni Sirdaryo o‘rta oqimining o‘ng sohil yerlariga joylashtirgan. Yunon geografi Strabonning “Geografiya” asarida Yaksart (Sirdaryo) ortida yashagan saklar g‘orlarda yashaganligi to‘g‘risida ma’lumot saqlangan. Muallif burgulik madaniyatiga oid yerto‘la uylarni g‘or, deb tushungan bo‘lsa kerak. Burgulik madaniyati uylari 1. Yer tula uy 2. Juft uy(1-2 O‘ralar) (3-4 O‘choqlar) Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling