Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chust madaniyati.
Ustrushona. Ustrushona o‘lkasi Farg‘onadan janubiy-g‘arbda So‘g‘d
va Choch oralig‘ida yerlarda joylashgan. O‘lkada o‘troq dehqonchilik madaniyati kechroq vujudga kelgan. Bu yerda ilk temir davriga oid kam sonli yodgorliklar o‘rganilgan. Nurtepa manzilgohi nisbatan eng qadimgi va yirigi hisoblanadi. Manzilgoh mil.avv. VII asrda shakllangan. Mil. avv. VI–V asrlarda manzilgohning atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olinib, qadimgi shahar shakllangan. Umumiy maydoni 18 ga dan iborat ko‘hna shahar ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan. Manzilgoh ichkarisida qurilish imoratlari tarqoq joylashgan. Dastlab uylar yerto‘la shaklda bo‘lgan, keyingi bosqichda paxsa va xom g‘ishtdan yer ustida qurila boshlaydi. Ustrushonaning ilk temir davriga oid ikkinchi shahar markazi hozirgi Xo‘jand o‘rnida faoliyat yuritgan. Ko‘hna shahar ikki qismdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 20 ga, shundan arki 1 ga maydonni egallagan. Ko‘hna shaharning atrofi devor bilan o‘rab olingan. Xandaqlarning o‘rni saqlanib qolgan. Ustrushona xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Bu davrda dehqonchilikda liman usulidan sun’iy sug‘orish tizimiga o‘tiladi. Ekin dalalari tog‘ daryolaridan bosh olgan ariqlar orqali sug‘orilgan. Metallarga ishlov berish hunarmandchiligi rivojlangan. Moddiy madaniyati 146 qo‘shni Chust, Choch va So‘g‘d hududlarning madaniy ta’sirida shakllangan. Ustrushonaning sopollari qo‘lda va charxda yasalgan. Sopollarning naqshsiz va qisman naqshli turlari mavjud. Ustrushonaning charxda yasalgan sopollari Baqtriyaning Yoz II bosqichi sopollariga, qo‘lda yasalgan sopol buyumlari esa Eylaton madaniyati sopollariga o‘xshaydi. Chust madaniyati. Chust madaniyati Farg‘ona vodiysida joylash- gan so‘nggi bronza va ilk temir davrlariga oid madaniyat. Farg‘ona vodiysi hududi Sirdaryoning o‘ndan ortiq irmoqlaridan iborat katta- kichik dehqonchilik vohalaridan tashkil topgan. Chust madaniyatiga oid manzilgohlar mazkur vohalarda joylashgan. Ulardan eng yirik yiriklari O‘zgan, Qorasuv, Tava-Koson, Qoradaryo-Xo‘jabod hisoblanadi. Chust madaniyatining ilk temir davriga oid manzilgohlar maydoni jihatdan yirik, o‘rtacha va kichik turlari ajralib turadi. Yirik manzilgohlar (Dalvarzintepa, Ashkol), o‘rtacha manzilgohlar (Chust, Dehqon) qadimgi shahar markazini va kichik manzigohlar esa dehqonchilik qishloqlarini tashkil etgan. Yirik manzilgohlar ark, aholi yashaydigan va atrofi qismlaridan iborat. Farg‘ona vodiysining eng yirik manzilgohi Dalvarzintepa hisoblanib, umumiy maydoni 25 ga dan iborat. Manzilgoh to‘rt qismdan iborat bo‘lib, ularning uchta qismi alohida mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Ark manzilgohning shimoli-g‘arbiy qismida, maydoni 2,2 ga joyda joylashib, atrofi xom g‘ishtdan qurilgan mudofaa devori bilan o‘rab oligan. Aholi yashaydigan qismi 13 ga bo‘lib, alohida mudofaa devoriga ega. Dalvarzintepaning 5 ga dan iborat uchinchi qismi ham devor bilan o‘rab olingan. Bu yerda madaniy qatlam uchramaydi, ochiq joydan iborat. Undan harbiy xavf paytida atrofda yashaydigan aholi yoki chorva mollari jon saqlaydigan joy sifatida foydalangan bo‘lsa kerak. Farg‘ona vodiysining g‘arbida Chust shahri yaqinida shu nomli manzilgoh joylashgan. Umumiy maydoni 4 ga dan iborat Chust manzilgohi ikki qismdan iborat. Manzilgohning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan ark (1,5 ga) mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Manzilgohning qolgan asosiy qismi muhofaza qilinmagan. Mudofaa devor ushbu madaniyat faoliyatining rivojlangan bosqichida paxsa va xom g‘ishtdan barpo etilgan. Kichik manzilgohlar bir necha xonali alohida hovlidan iborat. Ular o‘troq dehqonlar jamoasi katta patriarxal oilasining uy-joyini 147 tashkil etgan. Chust madaniyatining ilk bosqichida aholisi yerto‘la va yarim yerto‘la uylarda yashagan. Ikkinchi bosqichida uy joylar yerning ustida paxsa va xom g‘ishtdan qurila boshlaydi. Chustliklar dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi bilan kun kechirgan. Dehqonchilikda arpa, bug‘doy, tariq va boshqa dukkakli o‘simliklar ekilgan. Dehqonchilik liman usulida sug‘orishga asoslangan. Dehqonchilikning muhim tarmog‘i-bog‘dorchilik yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qo‘y, echki va yilqi boqilgan. Daryo va ko‘l bo‘ylarida yashagan aholi baliqchilik xo‘jaligini ham yuritgan. Ular kulolchilik, to‘qimachilik, bronza quyish ishlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan. Manzilgohlardan qo‘lda yasalgan sopollar, tosh, suyak va metaldan yasalgan buyumlar topilgan. Kulolchilik buyumlari qo‘lda yasalgan, sirtiga turli naqshlar chizilgan. Mis va bronzadan uy-ro‘zg‘or anjomlari va qurol yarog‘lar yasalgan. Farg‘onaning so‘nggi bronza va ilk temir davri yodgorliklari xaritasi Chust madaniyatining shakllanishiga masalasida mutaxassislar tomonidan turli xil fikrlar bildiriladi. A.Asqarov mahalliy Andronovo madaniyatiga mansub chorvador aholning o‘troqlashishi natijasi, deb hisoblagan bo‘lsa, V.I.Sarianidi O‘rta Osiyoning janubidan kelgan aholi asos solganligini aytgan. L.Sverchkov bu madaniyatning 148 ildizini Sharqiy Turkistonning Tarim vohasi bilan bog‘lashga harakat qilgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling