Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Baqtriya. Qadimgi Baqtriyaning ilk temir davri hududi shimolda 
So‘g‘diyonabilanHisortog‘tizmalariorqali,janubdaesaHindikushtog‘lari 
bilan chegaralangan. Uning hududi sharqda Pomir tog‘ tizimasidan 
Amudaryo bo‘ylab g‘arbda Murg‘ob vohasigacha bo‘lgan yerlarni o‘z 


137 
ichiga olgan. Hozirgi O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarining janu- 
bi hamda Afg‘onistonning shimoliy hududiga to‘g‘ri keladi. 
Ilk temir davrining boshida hozirgi paytda suvsizlanib qolgan 
qichik daryo vohalari hududida ilk temir davri o‘troq dehqonchilik 
qishloqlari shakllangan. So‘nggi bronza davrida faoliyat yuritgan 
yirik manzilgohlar o‘rnida maydoni ancha kichik va ixcham 
qishloqlar paydo bo‘lgan. Baqtriyaning ilk temir davriga oid barcha 
turdagi arxeologiya yodgorliklar tuzilishi va hajmiga ko‘ra bir necha 
turga ajratilgan. Ulardan birinchisi mudofaa tizimiga ega bo‘lgan 
yirik manzilgohlar. Bunday manzilgohlarning maydoni va tuzilishiga 
ko‘ra ark, shahar hamda atrofi qismlaridan tashkil topgan uch yoki 
ikki qismdan iborat qadimgi shaharlar. 
Baqtriyaning ilk temir davri manzilgohlari 
1. Talashkontepa 2.Qizilcha VI 3. Tillatepa 
Qadimgi shahar shaklidagi manzilgohlarning ikkita turi mavjud. 
Birinchisi, mudofaa tizimiga ega bo‘lgan uch qismli yirik shaharlar 
– Bolayi Hisor, Qiziltepa, Hayitobod va mudofaa tizimiga ega bo‘lgan 
ikki qismli shaharlar – Talashkon I, Bandixon II, Jondavlattepa. 
Ikkinchi guruh yodgorliklar maydoni katta dehqonchilik qishloqlari, 
uchunchi guruh yodgorliklar mudofaa tizimiga ega bo‘lgan maydoni 
kichik diniy inshootlar – Tillatepa, Kuchuktepa va uy-qo‘rg‘onlar – 
Qizilcha guruhi yodgorliklari. 


139 
Baqtriyaning ilk temir davri shahar turidagi yirik manzilgohi 
Shimoliy Afg‘oniston hududidagi Bolayi Hisor yodgorligi hisoblanadi. 
Umumiy maydoni 120 ga dan iborat. Manzilgohda o‘tgan asrning 
o‘rtalarida fransuz arxeologlari qisman qazishma ishlarini olib 
borib, mil. avv. VI–V asrlarga oid qatlamlarni o‘rgangan. Bolayi Hisor 
manzilgohi antik davri mualliflari asarlarida qayd qilingan Qadimgi 
Baqtriyaning ma’muriy markaziga Baqtr shahri bilan qiyoslangan. 
Shimoliy Baqtriya hududida joylashgan yodgorliklar yaxshi 
o‘rganilgan. Surxon vohasidagi ko‘hna shaharlarning eng yirigi 
Qiziltepa manzilgohi hisoblanadi. Umumiy maydoni 30 ga dan iborat 
ko‘hna shahar ark va shahriston va shahar atrofidagi dehqonchilik 
okrugi qismlaridan tashkil topgan. 
Ko‘hna shahar o‘rnida ilk temir davrining boshida dastlabki 
dehqonchilik manzilgoh shakllangan. Keyingi (Qizil II) bosqichda 
manzilgohning maydoni kengayib, shimoli-g‘arbida ark (may. 2 ga) paydo 
bo‘lgan. Arkning yon atrofida uy-joy imoratlari qurilib, mudofaa devori 
barpo etilgan. Mil. avv. VI–IV asrlarda (Qizil III) yangi qurilish imoratlari 
qurilib, qadimgi shahar rivojlangan. Bu davrda mudofaa devorida 
qo‘shimcha qurilish olib borilib, uning qalinligi 5 yetgan. Mudofaa devori 
yarim aylana burjlar va shaxmat kataklari shaklida joylashgan jangovar 
shinaklar bilan kuchaytirilgan. Qiziltepa qo‘hna shahri dastlab Qadimgi 
Baqtriya podsholigiga, ahamoniylar davrida satraplikka bo‘ysungan 
kichik ma’muriy tuzilmaning markazi bo‘lishi mumkin. 
Qiziltepa manzilgohining ichkarisida qurilish imoratlari tarqoq 
joylashgan, o‘rtasida ochiq joy qoldirilgan. Qadimgi shaharlar qurilishidagi 
bunday holat ilk temir davri iqtisodida chorvachilik xo‘jaligi ahamiyatining 
ustunligi bilan tavsiflanib, tashqi dushman xavfi sodir bo‘lgan holatda 
aholi chorva mollarini xavfdan himoya qilish maqsadida foydalangan. 
Urguliksoyning quyi oqimida, soydan bosh olgan kanal atrofida 
Bandixon dehqonchilik vohasida bir necha arxeologiya yodgorliklar 
joylashgan. Ulardan Bandixon I, II mazkur hududning eng yirik 
yodgorliklari sanaladi. Bandixon I yodgorligi ilk temir davrining 
dastlabki bosqichiga oid qishloqning o‘rni. Bandixon II ilk temir 
davrining ikkinchi bosqichga oid qal’a va uning atrofidagi aholi 
yashaydigan qismdan iborat manzilgoh. Manzilgohning umumiy 


139 
maydoni 14 ga. Manzilgoh atrofida dehqonchilik qishloqlari joylashgan. 
Sherobod vohasida Jondavlattepa va Talashkon I yodgorliklari 
maydoni jihatdan yirik manzilgohlar hisoblanadi. Jondavlattepa 7 ga 
maydonda joylashgan, ikki qismdan iborat manzilgoh. Mil. avv. I ming 
yillikning o‘rtalaridan boshlab Shimoliy Baqtriyada aholi sonining 
ko‘payib borishi natijasida Surxondaryo va Amudaryo kabi yirik 
daryolar bo‘ylari ham o‘zlashtirilib, aholi manzilgohlari, xususan, 
shaharlar paydo bo‘ladi. Bu davrda Surxon vohasida Hayitobodtepa 
yodgorligi o‘rnida qadimgi shahar vujudga keladi. Ko‘hna Termiz 
o‘rnida ham aholi manzilgohi paydo bo‘lib, keyinchalik shaharga 
aylangan. 
Janubiy Tojikistonning Kofirnahr, Vaxsh va Panj vohalarida ham 
mil. avv. I ming yillikda o‘troq dehqonchilik qishloqlari vujudga 
keladi. Bu yerlarda Baqtriyaning boshqa joyiga qaraganda o‘troq 
manzilgohlar kechroq shakllangan. hududning yirik manzilgohlari 
Qabodiyon I (Qalayi Mir), Boytudasht va Bolday I hisoblanadi. 
Qabodiyon I manzilgohi xronologik jihatdan Surxon vohasi 
manzilgohlariga yaqin turadi. Vaxsh va Panj vohalarida o‘troq 
dehqonchilik qishloqlari ilk temir davrining ikkinchi bosqichida 
Boytudasht va Bolday I o‘rnida vujudga kelib, keyingi bosqichda 
shahar shakllangan. Baqtriyaning boshqa hududiga qaraganda bu 
yerlarda urbanizatsiya jarayoni kechroq sodir bo‘lgan. 
Baqtriyaning ilk temir davri yodgorliklari orasida Kuchuktepa 
va Tillatepa diniy inshootlar muhim o‘rin tutadi. Ular 
baqtriyaliklarning ilk temir davri olov ibodatxonasi bo‘lgan. 
Xo‘jalikning asosini sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik 
tashkil etgan. Mil. avv. I ming yillikning boshida chorvachilik 
xo‘jaligining mavqeyi yuqori bo‘lgan. Ilk temir davrining ikkinchi 
bosqichidan sug‘orma dehqonchilikning ahamiyati oshgan. 
Dehqonchilikda boshoqli don, poliz ekinlari ekilgan va bog‘dorchilik 
yaxshi rivojlangan. Qadimgi dehqonlar kichik daryolardan ariq 
qazib vohalarining etagida dehqonchilik qilishgan. Bandixonda 
Urguliksoydan bosh olgan qadimgi ariqning o‘rni aniqlangan. Mil. 


142 
avv. I ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlab Surxondaryo va 
Amudaryo kabi yirik daryolarning bo‘yidagi yerlarni o‘zlashtirish 
boshlanadi. 
Chorvachilikda qo‘y, echki, qoramol va yilqi boqilgan. Tog‘ oldi 
vohalarida yaylov, chorvachiligi rivojlangan. Asosan kichik tuyoqli 
chorva mollari boqilgan. Dehqonchilik vohalarida xonaki chorvachilik 
ustunlik qilgan. 
Shimoliy Baqtriyaning ilk temir davri sopol idishlari qo‘lda 
va kulolchilik charxlarida yasalgan. Qo‘lda ishlangan idishlarning 
sirtiga geometrik shaklli naqshlar solingan. Keyingi bosqichi sopol 
buyumlari asosan kulolchilik charxida yasalgan. Bu bosqichdagi 
sopol idishlar konsussimon va bankasimon shakldan iborat. Sopol 
buyumlarning sirtiga oqish rang angob surtilgan. 
Tosh, temir va bronzadan turli xil mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar 
yasalgan. Kamon paykoni bronzadan yasalgan. Ular bargsimon, ikki va 
uch qirrali shaklda. Keyingi mil. avv. VI–V asrlarga kelib skiflarnikiga 
o‘xshash uch qirrali kamon paykoni tarqaladi. Toshdan xo‘jalik 
anjomlari, xususan yorg‘uchoq, keli, keli sopi yasalgan. 
Baqtriya hududida ilk temir davrining boshida ilk o‘troq 
dehqonchilik madaniyati vujudga kelib, keyingi bosqichda 
urbanizatsiya, ya’ni shaharlashish jarayoni kechgan. Urbanizatsiya 
jarayoni o‘lkada qadimgi davlatchilikning, xususan, Qadimgi 
Baqtriya podsholigining vujudga kelishi bilan bir vaqtda sodir 
bo‘ladi. Qadimgi Baqtriya podsholigi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
Geradot va Ktesiy asarlarida uchraydi. Ktesiyning “Kiropediya” 
asarida Baqtriya podsholigi to‘g‘risida ayrim ma’lumotlar saqlangan. 
Geradot ahamoniy hukmdorlari bosib olmagan mamlakatlardan 
ro‘yxatida Bobil, Misr bilan birga Baqtriya va saklarni ham keltirgan. 
Mazkur yozma manba ma’lumotlari asosida Qadimgi Baqtriya 
podsholigi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar kelib chiqqan. XIX asrda 
M.Dunker mil. avv. IX asrda Qadimgi Baqtriya podsholigi vujudga 
kelganligi to‘g‘risida yozgan. Yu. Prashek ahamoniylargacha faoliyat 
yuritgan Baqtriya podsholigi hukmdori Vishtasp Zaratushtraga diniy 
ta’limotini yoyish uchun rahnamolik qilganligini ta’kidlab o‘tgan. 
Qadimgi Baqtriya O‘rta Osiyoda tashkil topgan ilk podsholik 


142 
bo‘lib, uning hududida joylashgan ko‘pgina qadimgi shaharlarning 
xarobasi ahamoniylar hukmronligigacha qudratli davlat hokimiyati 
faoliyat yuritganligini ko‘rsatadi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling